Янгиликлар /

Gvardiola: Bizda «Yunayted» kabi shonli tarix yo‘q

Мақола нашр қилинди

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «shaharliklar» jamoasi Yevropaning top-klublari qatoriga qo‘shilish uchun yana 10 yil davomida Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etishi kerakligi haqida gapirib o‘tdi. «Bizda «Barselona», «Yuventus», «Bavariya» yoki «Manchester Yunayted»dagi kabi shonli tarix va sovrinlar yo‘q. Biz bu jamoalarga tenglashish uchun yana 10 yil davomida har yili Chempionlar ligasida ishtirok etishimiz kerak. Bunday tajriba klub uchun bitta sovrin yutishdan ko‘ra muhimroq, menga ishoning.Biz klubdagi odamlarni ularning yaxshi ekanliklariga ishontirishimiz kerak. Ular esa chindan ham yaxshi. Xuddi muxlislarimiz kabi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan The Mirror.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.