«Yunayted» darvozaboni David De Xea mavsum yakunlariga ko‘ra «Jamoaning eng yaxshi futbolchisi» nomiga sazovar bo‘lishni istamasligini sababini tushuntirib o‘tdi.
26 yoshli ispan futbolchisi uch karra ser Mett Basbi mukofotini 2014, 2015 va 2016 yillari qo‘lga kiritgan.
«Men bu mukofotni hujumchilarga yoki boshqa kimgadir nasib qilishni istardim. – Ya’ni, butun jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatib, yakunda gol urishidir».
«Men uchun ideal o‘yin bu – men to‘pga tegmasam va biz 3:0 yoki 4:0 hisobida g‘alaba qozonsak. O’ylashimcha, bu mavsumda bizning himoya raqiblarni ko‘p vaziyat yaratishiga imkoniyat bermayapti, biz o‘yin vaqtida bir birimizga e’tibor berib ko‘proq muloqatda bo‘lib turamiz ».
«Darvozabon sifatida aytishim kerakki bu yili mayen jismoniy holatdan ko‘ra aqliy jihatdan charchadim. Mening ingliz tilidagi muloqatim ancha yaxshilandi, va bu men uchun yaxshit, bu menga himoyachilar bilan o‘yin vaqtida bir-birimizni tushunishda juda muhim».
«Men jamoaga kelgan vaqtim bilan solishtirganda ancha o‘sishga erishdim. Men jismoniy va aqliy jihatdan ham ancha kuchliroq bo‘ldim. Men «Manchester Yunayted» da ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganimdan xursandman. Lekin, bu yerda yana ancha vaqt bo‘lishni istayman. Men yana ko‘plab yutuqlarga erishishni va «Yunayted» ni yuqori o‘ringa qaytishiga yordam berishni istayman».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.