The Manchester Evening News nashri habar berishicha “Yunayted“ yozda o‘z safini Ispaniyaning «Real Madrid“ jamoasini ikki nafar futbolchisi Pepe va Xames Rodriges bilan kuchaytirish niyatida.
Joze Mourino o‘zi ushbu transferni amalga oshishidan umidvor. Pepening amaldagi shartnomasi mavsum so‘ngida o‘z yakuniga yetadi. “Yunayted” Pepeni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Xamesning shartnomasi 2020 yilgacha amal qilishi kerak. Lekin, Xames o‘zining jamoadagi o‘rnida norozi, bir necha hafta avval futbolchi Britaniyada ishlash imkoniyatini beruvchi vizani qo‘lga kiritgan va shu sababli uni APL ga kelishi haqiqatga yaqin.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.