Янгиликлар /

Jonston «Aston Villa» ga o‘tadi

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashri xabar berishicha ushbu haftada «Yunayted» darvozaboni Sem Jonston ijara asosida «Aston Villa»saiga o‘tadi.

Manbaning xabariga ko‘ra «Yunayted» sobiq himoyachisi hozirda «Aston Villa»bosh murabbiyi Stiv Bryus darvozabon Jonstonni o‘z jamoasida ko‘rishni hohlamoqda. Bu orqali Bryus jamoa darvoza chizig‘idagi raqobatni kuchaytirish niyatida.

Ushbu mavsumda «Villa» ikki darvozabon xizmatidan foydalanib kelmoqda. Bular 21 yoshli  Perluidji Gollini va 32 yoshli Marka Banna.

Joze Mourino avvalroq qishda faqatgina jamoani Djonston tark etishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.  Jamoada uchinchi darvozabon bo‘lib endilikda  «Belenensishe» ga ijaraga berilgan Joela Kastro Pereyra qo‘yilishi kutilmoqda. Pereyra mavsumning dastlabki qismini ijara asosida Portugaliyaning «Belenensishe» safida o‘tkazib 8 uchrashuvda maydonga tushdi.  

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.