Янгиликлар /

Rasman Jonston «Aston Villa» da

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti jamoa darvozaboni Sem Jonston ijara asosida mavsum so‘ngiga qadar «Aston Villa» jamoasiga o‘tganligini tasdiqladi.

23 yoshli Jonston «Villa» rasmiy saytiga intevyu berdi: « Men «Aston Villa» safiga qo‘shilganimdan xursandman. Men bunday imkoniyatdan foydalanishga xarakat qilaman, chunki bunday imkoniyat har doim ham bo‘lmaydi. Men buyerga kelganimdan juda hursandman, va intizorlik bilan Stiv Bryus bilan birga ishlash imkoniyatini kutyapman. Men u haqida ko‘p yaxshi gaplarni eshitganman».

Jonston amalda «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini oktyabr oyida uzaytirgan edi. Joze Mourino unga o‘yin amaliyotini zarurligini hisobga olib ijaraga berishga rozilik berdi.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» rasman «Belenensish» jamoasida ijara asosida to‘p surgan darvozabon — Joel Pereyra jamoaga qaytganini ham tasdiqladi.

 

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.