Янгиликлар /

Fonte «Yunayted» ga o‘tadi

Мақола нашр қилинди

Sky Sports nashri xabar berishicha «Sautgempton» jamoasi sardori Joze Fonte jamoa rahbariyatidan rasmiy ravishda «Yunayted» safiga o‘tishga ruxsat berishini so‘ragan.

«Sautgempton» jamoasi direktori Les Rid aytishicha 33 yoshli portugaliyalik futbolchi jamoa bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgan.

«Joze bilan yangi shartnoma borasida bir necha bora muzokara olib bordik, lekin futbolchi hozirgi vaziyatga ko‘ra buni istamayyapti. U boshqa jamoaga o‘tish borasidagi variantlarni ko‘rib chiqishni istamoqda. Shunday ekan, rasman aytishim kerakki Joze «Sautgempton» jamoasini tark etishni istamoqda. U rasman transfer borasida bizdan so‘radi».

Eslatib o‘tamiz, kuzda «Yunayted» Fonte borasida bir necha marotaba taklif bilan chiqqani aytilgan edi. Britan OAV lari ushbu taransferni amalga oshishiga qattiq ishonishmoqda.  

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.