Янгиликлар /

Ibragimovich jamoada tengsiz

Мақола нашр қилинди

Zlatan Ibragimovich jamoa muhlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra Genrix Mxitaryani ortda qoldirgan holda jamoaning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘ldi. Bu haqida «Manchester Yunayted» rasmiy sayti xabar berdi.

Dekabr oyida 7 uchrashuvda maydonga tushib 6 gol va 3 golli pas amalga oshirgan. Ovoz berish an’anaviy tarzda jamoaning tvitterdagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tdi.

Ibragimovich umumiy ishtirok etgalarning 38% ovoziga ega bo‘lgan bo‘lsa, undan 2% kam ovoz olgan Genrix Mxitaryan ikkinchi bo‘ldi. uchinchi o‘rinesa 26% ovoz to‘plagan Pol Pogbaga nasib qildi.

Ovoz berishda jamoaning 140 000 dan ortiq muhlislari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich bir kun avval muhlislar tomonidan APLning dekabr oyidagi eng yahshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘lgan edi.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.