«Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba aytishicha, dunyoning eng kuchli futbolchisiga topshiriladigan sovrinni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan boshqa futbolchilar ham qo‘lga kiritishlari mumkin.
«Albatta bu ishni amalga oshira oladigan boshqa futbolchilar ham bor. Bizda, masalan Zlatan Ibragimovich bu sovrinni yutishga haqli. U 35 yoshda bo‘lishiga qaramay, qanday o‘yin ko‘rsatmoqda va gollar urmoqda… U 10 yildan buyon yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda».
«Azar, Neymar, Suares ham yaxshi o‘yin ko‘rsatib, gollar urishmoqda. Bular ajoyib futbolchilar, shu ruhda o‘yin ko‘rsatishda davom etishsa, albatta ushbu sovrinni qo‘lga kirita olishadi». — deydi fransuz futbolchisi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.