Янгиликлар /

Mourino: Shvaynshtayger bizga kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbbiyi Joze Mourino jamoa yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtaygerga hamon ishonishini ma’lum qildi.

«Shvaynshtayger «Reding» bilan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin, shuningdek, zaxirada qolishi ham mumkin. U bizning imkoniyatlarimizdan biri – bu unga eng yaxshi ta’rif».

«U ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yin ro‘yxatida bor. U «Kristal Pelas», «Midlsbro» ga qarshi uchrashuvlar ro‘yxatida ham bor edi. U o‘yinchi va o‘z imkoniyatini kutyapti. O‘yinlar ko‘pligini nazarda tutsak, yanvar – uning uchun eng yaxshi vaqt», – deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.