Янгиликлар /

Runi rekordni takrorladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Angliya Kubogi 3-bosqichida o‘rin olgan «Reding» ga (4:0) qarshi uchrashuvda gol urib yana bir rekordni takrorlashga erishdi

Mazkur gol Runi uchun «Yunayted» safidagi 249-gol bo‘ldi. Shu tariqa Ueyn «qizil iblislar» afsonaviy hujumchisi – ser Bobbi Charlton rekordini takrorladi.

Bu ko‘rsatgichni qayd etish uchun Runi 543 uchrashuvda maydonga tushgan, ser Bobbi esa 758 uchrashuv o‘tkazgan.

Tez orada Runi yangi rekord o‘rnatishi haqiqatga yaqin.

 

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.