Янгиликлар /

«Yunayted» dan 8 gʻalaba

Мақола нашр қилинди

Futbol statistikalariga ihtisoslashgan OptaJoe Sports ning Tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar berishicha Angliya Kubogida «Reding» jamosini mag‘lub (4:0) etgan «Yunayted» o‘ziga xos natijani takrorladi. Ya’ni bu ularning barcha turnirlardagi ketma-ket erishgan sakkizinchi g‘alabasi bo‘ldi.

«Qizil iblislar» bungacha «Zarya» (2:0), «Totenxem» (1:0), «Kristal Pelas» (2:1), «Vest Bromvich» (2:0), «Sanderlend» (3:1), «Midsbro» (2:1) va «Vest Xem» (2:0) jamoalari ustidan g‘alaba qozonishgan.

Bunday ko‘rsatgichga Manchesterliklar 2009 yil sentyabrdan buyon ilk marta qatorasiga 8 ta uchrashuvda g‘alaba qozonishni uddasidan chiqishdi.

 

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.