Янгиликлар /

«Liverpul» skauti «Yunayted» ga oʻtdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» taniqli Braytonlik skauta Mark Anderson bilan shartnoma imzoladi. Jamoa skautni Londonda yangi Devid Bekxem topishiga ishonch bildirgan.

Anderson «Liverpul» jamosining skautlaridan biri hisoblangan va o‘z vaqtida u jamoaga 15 yoshli Raxim Sterlingni olib kelgan. O‘tgan mavsumda esa Sterling «Manchester Siti» jamoasiga 49 mln. funt evaziga o‘tdi.

Anderson Sterlingni «Liverpul» bilan shartnoma imzolashida katta rol o‘ynagan va buni qadrlagan mersisaydliklarning bosh skauti Devid Moss Anderson nomiga iliq so‘zlar aytgan edi.

Anderson «Manchester Yunayted» dagi faoliyatini ushbu haftadan boshlaydi, va uning asosiy vazifasi Angliya janubiy qismidagi iqtidorli futbolchilarni topishdan iborat. Shuningdek u mamlakat tashqarisidagi skautlik faoliyatini ham olib boradi.

««Manchester Yunayted» jamosidan taklif har doim ham bo‘lavermaydi. Men his qilib turibmanki, bu faoliyatimdagi yangi bosqich va London tumanlarida ish olib borish katta ishonch. Londondan xuddi Devid Bekxem kabi yosh o‘yinchilarni «Yunayted» uchun topishga harakat qilamiz», — deydi Anderson.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.