Янгиликлар /

Mourino: De Xeaga raqobatchilar bor

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiy Joze Mourino joriy mavsumda jamoaning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga De Xeaga jiddiy raqobatchilar chiqishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi qatorasiga uch marta «MYU» tarkibida mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etilgan.

«O‘ylamanki, jamoada darvozabon mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilsa, bu usha jamoada nimadir noto‘g‘ri ekanligini bildiradi. Ishonamanki, David bu safar mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lmaydi, ammo o‘zining ajoyib «seyv» lari bilan jamoamiz joniga oro kiradi».

«Albatta, men darvozabonlar ham «Oltin to‘p» ni yutishlari yoki APLda eng yaxshi bo‘lishlarini istayman. Chunki ular maydonda hammadar farqlanishadi. Agar ular ajoyib o‘yin ko‘rsatib, bor mahoratlarini namoyish etishsa bu tez unutiladi. Ammo bittagina xatoga yo‘l qo‘yishsa, buni muxlislar darrov ta’na-dashnom qilishadi» — deydi portugaliyalik mutaxassis.

 

 

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.