Янгиликлар /

Runi: Men uchun bu sharaf

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» libosida 249 ta to‘p kiritib afsonaviy futbolchi Bobbi Charlton bilan to‘purarlar roʻyxatida tenglashib olgan jamoa sardori Ueyn Runi ushbu holatga shaxsiy fikrlarini bildirdi:

«Albatta, bunday vaziyatdan juda ham mamnunman. Dunyoning eng kuchli klublaridan biri «Manchester Yunayted»da ushbu ishni bajarish men uchun ulkan sharaf. Bunday baxtni xatto tasavvur ham qila olmayman».

«Jamoada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelaman va «MYU»ni hayotimning bir bo‘lagi deb bilaman. Ser Bobbi bilan tenglashganimdan juda ham xursandman».

«O‘z muxlislaring ko‘z oldida rekordlarni o‘rnatish yoqimli, uyda yana 2 ta o‘yin o‘tkazamiz. Shularning yana birida ham gol urishni istayman», — deydi Runi.

 

 

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.