Янгиликлар /

Pogba: «Liverpul»ga qarshi uchrashuv qiziq bo‘ladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba «Liverpul»ga qarshi APL 21-turi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

««Manchester Yunayted» uchun «Liverpul»ga qarshi uchrashuv «Manchester Siti»ga qaraganda qiziqroq. Ushbu o‘yinlarda muhit o‘zgacha bo‘ladi», – dedi fransiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» va «Liverpul» o‘rtasidagi o‘yin 15 yanvar, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.