Янгиликлар /

Mata: Mourino o‘zgargan

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata hozirgi Joze Mourino «Chelsi» dagidan farq qilishini aytib o‘tdi.

«Mourino o‘zgargan. U hozir boshqa klub, boshqa muhit va boshqacha tshlamoqda».

««MYU» har doim o‘zining hujumkor o‘yini va ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirish uslubi bilan ajralib turgan. Biz buni davom ettirmoqdamiz. Mourino bizning ishimizdan juda mamnun».

«Hozirda barcha futbolchilar o‘zlarida katta ishonch bilan harakat qilmoqdalar. Mourinoga keladigan bo‘lsak, u hali ham o‘sha-o‘sha, faqat atrofdagi muhit uni murabbiy sifatida o‘zgartirdi».

«Biz ketma-ket 9 o‘yinda g‘alaba qozondik, ammo futbolda o‘tmish bilan yashab bo‘lmaydi. Oldinda «Liverpul» ga qarshi o‘yin kutib turibdi, bu uchrashuv ikki klub uchun ham juda muhim sanaladi. Biz «MYU» ishqibozlarini xursand qiladigan o‘yin namoish qilishga harakat qilamiz», – deydi Mata.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.