Янгиликлар /

Ibragimovich: Bu ajablanarli gol

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted»  hujumchisi Zlatan Ibragimovich Genrix Mxitaryanning «Sanderlend» darvozasiga «chayon zarbasi» usulida kiritgan goliga ta’rif berdi va unga bu zarbani o‘rgatganligini aytib o‘tdi.

«Bu ajablanarli gol bo‘ldi. Bu golni tasvirlab bo‘lmaydi, u haqida orzu qilishning o‘zi mushkul vazifa. Mxitaryan uchun xursandman, chunki bu golni hech kim esidan chiqarmaydi».

«Shuningdek, bu golga aloqadorligimdan ham shodman. Ha, bir necha hafta oldin biz bu zarbani mashg‘ulotlarda o‘zlashtirgan edik. Men unga aynan qanday harakat qilish kerakligi va buni amalga oshirish uchun qanday to‘p uzatilishi lozimligini ko‘rsatib berganman», – deya Ibragimovich so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.