Янгиликлар /

Ibragimovich: Menga qiyinchiliklar yoqadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ning 35 yoshli hujumchisi Zlatan Ibragimovich nega futbolchi uchun katta yoshda APL foydasiga qaror chiqargani haqida gapirib berdi.

«Boshqasi mening o‘rnimda eng oson yo‘lni tanlab — Xitoy yoki boshqa mamlakatda pul ishlab, faoliyatidan rohatlangan bo‘lardi. Men chaqiruvni qabul qildim. Shu sababli «Manchester Yunayted» ni tanladim. So‘nggi yillarda ularda qiyinchiliklar kuzatildi va agar klubni cho‘qqiga qaytarsam, baxtli bo‘laman».

«Oddiy vazifa, oson ishlarni yoqtirmayman. Doimo qiyinchiliklarga duch kelganman. Boshqalarga nisbatan ko‘proq ishlashim kerak edi. Mana hozir shu yerdaman, odamlar 35 yoshda buning imkoni yo‘q deyishganmidi, ammo bunga qodirman», — deydi Zlatan Ibragimovich.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.