Янгиликлар /

Klopp: Mixitaryan jahon darajasidagi futbolchi

Мақола нашр қилинди

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Yunayted»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan sobiq shogirdi Genrix Mxitaryan to‘g‘risida iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mxitaryan ajoyib texnika va yuqori tempga ega bo‘lgan futbolchi. U har xil chiziqlarda harakatlana oladi. Bunday hususiyatga ega futbolchilar kamdan kam topiladi. Genrix shubxasiz jahon darajasidagi o‘yinchi sanaladi».

««Manchester Yunayted» va Mxitaryan o‘tgan uchrashuvimizdan ko‘ra kuchliroqlar, futbolchi jamoaga kirishib ketdi. O‘sha paytda Mxitaryan formada bo‘lmaganmi yoki shunchaki tarkibdan chiqarib tashlanganmi bilmayman, «MYU» bilan oktyabrdagi o‘yinimizda u yo‘q edi. Endi mankunianliklar uning iqtidoridan samarali foydalanishlari mumkin», — deydi Klopp.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.