Янгиликлар /

Ibragimovichga nisbatan jazo tayinlanishi mumkin

Мақола нашр қилинди

Angliya Futbol assotsiatsiyasi Zlatan Ibragimovich va Tayron Mings ishi borasida yakuniy qaror e’lon qilish sanasini ma’lum qildi.

Ikkala futbolchi ham agressiv harakatlari uchun jazolanishi kutilmoqda. Bugun Britaniya vaqti bo‘yicha 18:00 da FA Zlatan Ibragimovich va Mingsni tinglaydi. Keyin esa 3 kishidan iborat hakamlar eksperti kommisiyasi qaroriga ko‘ra ikki futbolchiga jazo tayinlanadi.

Agar Zlatan Ibragimovich xarakati qizil kartochka deya baholansa tabiy ravishda 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi va Tayler Mings esa jiddiyroq jazolanishi mumkin.

Har qanday vaziyatda ham ikkala futbolchiga moliyaviy jazo ham qo‘llaniladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.