Янгиликлар /

Ibragimovich 3 o'yinga chetlatildi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich «Bornmut» ga qarshi o‘yinda ishlatgan qo‘polligi uchun Angliya futbol assotsiatsiyasi qaroriga ko‘ra 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

O‘shanda u «Bornmut» futbolchisi Tayron Mings yuziga tirsagi bilan zarba bergan edi. AFA bu holatni qayta ko‘rib, o‘rganib chiqdi va futbolchini jazolashga qaror qildi.

Qarorga ko‘ra, u 3 ta o‘yinidan chetlatildi. 13 mart kuni Angliya kubogi doirasida «Chelsi», 17 mart «Midlsbro» va 1 aprel «Vest Bromvich» ga qarshi o‘yinlarni u o‘tkazib yuboradi. Ushbu ta’qiq xalqaro uchrashuvlarga ta’sir etmaydi va Zlatan Yevropa Ligasi doirasidagi «Rostov» ga qarshi ikkala uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

APL doirasida esa 4 aprel kuni «Everton» ga qarshi o‘yinda maydonga qaytadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.