Янгиликлар /

Roxoning amakivachchasi vafot etdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi, argentinalik futbolchi Markos Roxoning amakivachchasi Argentinaning La Plata shahrida otib o‘ldirildi. 

The Sun tabloidi xabariga ko‘ra, 17 yoshli o‘smir o‘z sherigi bilan 50 yoshli iste’fodagi politsiyachini tunashga harakat qilgan. Ammo u o‘zini himoya qilgan politsiyachi tomonidan otib tashlangan. Jeronimo yelkasidagi og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan va 7 soat o‘tib jon bergan. Uning sherigi voqea joyidayoq halok bo‘lgandi.

Xabar qilinishicha, iste’fodagi politsiyachiga hujum qilishdan oldin Jeronimo va sherigi taksi haydovchisini tunashga harakat qilgan, ammo u qochib ketgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.