Янгиликлар /

Mourino: Buni maydon deb bo'lmaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino 9 mart kuni «Rostov» ga qarshi bahs bo'ladigan «Olimp-2» stadionining holatidan ko'ngli to'lmayapti.

«Ertaga bu maydonda o'ynashimizga ishongim kelmayapti. Buni maydon deb ham bo'lmaydi. Ertaga kim bilan va qanday o'ynashimizni bilmayman. Mxitaryan maydonga tushadi deb aniq ayta olmayman. Biz yaxshiroq sharoitlarda to'p tepamiz deb o'ylagan edim. Xitoyda ham shunday vaziyat bo'lgan va biz uchrashuvdan bosh tortganmiz. Ammo ertaga maydonga chiqishga majburmiz» — deydi Mourino.

Oldinroq tomonlar «Olimp-2» chimini yomon ahvolga keltirmaslik uchun, maydonda o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazmaslikka kelishib olishgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.