Янгиликлар /

Rostovga 20 futbolchi ketdi

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino Rostovga o‘zi bilan birga 20 futbolchini olib ketdi deya xabar bermoqda «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.

«Yunayted» Rossiyaga bugun kunduzi yo‘l olgan va jamoa ertaga «Olimp-2» stadionida mashg‘ulot o‘tkazadi.

O‘tgan uchrashuvda qizil kartochka olgan Erik Bayi Manchesterda qolgan, shuningdek Lyuk Shou, Ueyn Runi va Bastian Shvaynshtayger ham jamo bilan birga emas.

Quvonarli tarafi –Rostovdagi o‘yinda Genrix Mxitaryan maydonga tushishi mumkin.

Rossiyaga yo‘l olgan tarkib:

Darvozabonlar: De Xea, Romero, O'Xara;

Himoyachilar: Valensiya, Djons, Roxo, Smolling, Blind, Darmian, Yang;

Yarimhimoyachilar: Karrik, Errera, Fellayni, Pogba, Mata, Lingard, Mxitaryan;

Hujumchilar: Marsyal, Reshford, Ibragimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.