«Rostov» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z vaqtida o‘tkaziladi deya xabar bermoqda UEFA. Avvalroq «Olimp-2» stadioni chimining holati borasida turli mish mishlar tarqalgan edi, lekin vaziyatni o‘rganib chiqqan mutaxassislar maydon Yevropa Ligasi uchrashuvini o‘tkazish uchun tayyorligini tasdiqashdi.
Shuningdek avvlroq Joze Mourino ham maydon chimini tanqid qilgan edi va shundan so‘ng UEFA mutaxassislari ushbu vaziyatni o‘rganib chiqishdi.
«Seshanba kuni maydon holatini mutaxassislar o‘rganib chiqishdi. Maydon chimining holati a’lo darajada deb bo‘lmaydi, lekin unda to‘p surish mumkin. Shunday ekan belgilangan vaqtda bo‘lib o‘tadi» — deyiladi UEFA tomonidan berilgan xabarda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.