Янгиликлар /

Fergyuson: Kutamiz…

Мақола нашр қилинди

Tirik afsonagaaylangan murabbiy Ser Aleks Fergyuson «Real Madrid» va «Manchester Yunayted» o‘yinihaqida gapirarkan, Krishtianu Ronalduga alohida to‘xtalib o‘tdi. Serning fikricha,Ronaldu bir kun baribir jahonning buyuk futbolchilari qatorida tilga olinadi.

«Ronaldu hozir«Real» uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega kuch sifatida juda yaxshi formada, — deydiFergyuson. – 178 o‘yinda 179ta gol urganining o‘ziyoq tarix uchun yetarli bo‘ladi.U ajoyib futbolchi. Uning Madriduchun foydasi tegishini va u yerga tez moslashib ketishini bilgandim. Krishtianuhali yosh, jamoamizni tark etganida ham u dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishigashubha qilmaganman».

«Birinchi martaoldimga kelganida o‘zining texnik imkoniyatlari va individual mahoratini isbotlashgaurinayotgan kichkina bolakay edi. Uning jamoamizdagi oxirgi o‘yinini hech kim unutmaganhali…»

Bundan sal oldinroq Ronalduning o‘zi tan olgandi: «Menomadsizman, buning sababini jamoa ham biladi», degandi. Mish-mishlar esa uni yanaManchesterga qaytargandi. Lekin Ronni hali «Real» bilan shartnomasini uzaytirmadi.Kutamiz…>
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.