Янгиликлар /

Rayan Giggz 39 yoshni qarshiladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» va Uels terma jamoasi yarim himoyachisiRayan Giggz bugun o‘zining 39 yilligini nishonlamoqda. Butun professionalfaoliyatini uelslik futbolchi «Manchester Yunayted»da o‘tkazdi. MYU safidaGiggz 1991 yilning 2 mart kunida debyut qilgan. «Everton»ga (0:2) qarshi uchrashuvdaRayan jarohat olgan Denis Irvinning o‘rniga zahiradan maydonga tushgan. Ushbu mavsumGiggz uchun Angliya Premer-ligasidagi 23-mavsum. Ushbu vaqt davomida yarim himoyachi «Manchester Yгnayted» safidabarcha musobaqalarda 600 dan ko‘p uchrashuvlar o‘tkazgan va u 100 tadan oshiq golurgan. Giggz 12 karra Angliya chempioni, 4 karra Anglii Kubogi va Angliya liga Kubogisohibi, 2 karra Chempionlar ligasi g‘olibi va bir karradan UEFA Superkubogi, Interkontinentalkubok va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi. 2005 yili Giggz Angliyafutbolining faxrlilari qatoriga kiritildi. 2011 yili esa Golden Foot unvonigasazovor bo‘ldi. Uels termasi safida Giggz 64 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 ta golmuallifiga aylangan. 2006 va 2009-yillari Uelsda yil sportchisi deb topilgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.