Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: 1 BOB / 1 QISM

Blog MANUTD

Bir yigit menga shunday yozgandi: «Siz chipta uchun to’lagan 41 funtimni qaytara olasizmi?».

Fergyuson avtobiografiyasining birinchi bo’limi.

BIRINCHI BO’LIM

MULOHAZA

«Yunayted»ning men uchun qanchalik qadrli ekanini faqatgina so’nggi 1500-o’yinda angladim. «Vest Bromvich» – «Manchester Yunayted» – 5:5. Aql bovar qilmaydi. Ajoyib va hayajonga boy bo’lgan haqiqiy o’yin.

Bizning o’yinimizni kuzata turib, siz har doim chiroyli gollarni ko’rishingiz va tezkor o’yin guvohiga aylanishingiz mumkin. Ushbu o’yinlarda yuragingizda o’zgacha his tuyg’u paydo bo’ladi. O’yin tugashiga to’qqiz daqiqa qolganida va hisob raqib foydasiga 5:2 bo’lib turgan bir paytda, bu o’yinni mag’lubiyat bilan tugatmasligimizni sezdim. Final hushtagi yangraganidan so’ng yigitlarga minnatdorchilik bildirishga bordim, biroq ular o’yindan mamnun bo’lganimni ko’zimdan bilib olishgandi. Shunda men ularga oddiygina:

  • Barchasi uchun katta rahmat, yigitlar! Bu o’yin sizlarning menga aytgan eng ta’sirli xayrlashuv so’zingiz bo’ldi, – dedim.

Devid Moyesning o’rnimga murabiy bo’lishi hal bo’lgandi. O’shanda echinish xonasida o’tirganimizda Rayan Giggz hazilllashib - «Moyes hozirgina iste’foga chiqdi» dedi.
O’sha kungi o’yinda o’zimiz xohlagan natijani qo’lga kirita olmagan bo’lsak-da, men ajoyib o’yinchilarga boy bo’lgan klubni, o’zimni engil his etgan holda Moyesning qo’liga topshirdim. Vazifa bajarildi. Mening oilam ham yonimda - «Rejis Syuit» lojasida o’tirishgan edi. Oldimda yangi hayot va yangi rejalar turgandi.

O’sha kungi voqealar menga go’yoki tushdek bo’lib tuyilayotgan edi. Fikrimcha, «Vest Bromvich» ajoyib va misli ko’rilmagan o’yin namoyish eta oldi. Keyinchalik ular menga o’sha kungi o’yindan joy olgan futbolchilar dasxati tushirilgan ro’yxatni berib yuborishdi. Oila a’zolarimning ko’pchiligi: uchta o’g’lim, sakkizta nevaram va bir qator eng yaqin do’stlarim ushbu o’yinni tomosha qilish uchun maydonga kelishgan edi. Ularning finish chizig’ini kesib o’tayotgan chog’da yonimda turib qo’llagani va bu yo’lni birga bosib o’tganimiz menga bir olam quvonch bag’sh etdi.

«Xotornz»da to’xtagan klub avtobusining zinasidan tushib kelar ekanman, jamoa bilan o’tkazayotgan har bir lahzadan bahramand bo’lishga harakat qilardim. Faoliyatni tugatish unchalik ham qiyin bo’lmadi, chunki ketish vaqti kelganini allaqachon anglab etgandim. O’yindan bir kun oldin o’yinchilar menga sovg’alar tuhfa etishlarini ma’lum qilishdi. Sovg’alar orasida menga yoqqani «Roleks 1941» bo’ldi. Bu soatda men tug’ilgan yil (1941) va 15:03 vaqti aks ettirilgan edi. Men aynan 1941 yil 31 dekabrda soat millari 15:03 ko’rsatgan paytda Glazgoda tug’ilganman. Bundan tashqari «Yunayted»dagi faoliyatim davrida tushirilgan fotoalbom ham menga juda yoqdi. Bularning barini, soatlarni kollektsiya qilishni xush ko’radigan Rio Ferdinandga sovg’a qildi.

Qarsaklar ostida ushbu ajoyib sovg’alarni qo’lga olganimdan so’ng ba’zi bir o’yinchilarning yuzida qayg’u aks etdi. Ular endi nima qilishlarini bilmay qolgandek turishardi, chunki men ular bilan doim birga bo’lardim-da. Ularning ba’zilari bilan yigirma yil ishlaganman. O’shanda yigitlarim ichidan nimalar o’tayotganini yaxshi tushunib turardim. O’yinchilarning yuziga qarasangiz, xuddiki «Endi nima buladi?» degan savolni ilg’ab olgandek bo’lardingiz. Futbolchilarning ba’zilari faoliyati davomida mendan boshqa murabbiyni ko’rishmagan edi.

Bu oxirgi o’yin edi shu sababli barchasi ko’ngildagidek o’tishini istardim. O’yin boshida biz 3:0 hisobida oldinda borayotgandik, biroq «Vest Bromvich» osongina taslim bo’lmasligini ko’rsatib qo’ydi.1986 yilning 22 noyabrida Yon Sivebek mening murabbiylik davrimda «Yunayted»ning birinchi golni kiritdi. Faolitimning so’ngida esa oxirgi golni 2013 yilning 19 mayida Xaver Ernandes kiritdi. Hisob 5:2 bo’lib turgan paytda, bizlar o’yinni 20:2 hisobida yutadigandek tuyildi. Ekranda 5:5 hisobi ko’rinib turganda esa go’yoki 5:20 hisobida yutqizgandek bo’ldik. Himoyamiz katta ochib qo’yilgan eshikni eslatardi. «Vest Bromvich» Romel Lukakuning xet-triki yordamida 5 daqiqa ichida 3 ta gol kiritishga erishdi.

Futbolchilarimning o’yin so’nggida ko’rsatgan pala-partish harakatidan so’ng ham echinish xonasida hamma bu o’yindan xursanddek o’yin-kulgu qilardi. Final hushtagi yangraganidan so’ng biz maydonda qolib muxlislarga minnatdorchilik bildirdik. Klubning barcha muxlisi yuzidan tabassum arimasdi. O’yindan so’ng esa ular kun bo’yi ashula aytib xursandchilik qilishdi. Faoliyatimning so’nggi o’yinida 5:2 hisobida g’alaba qozonishni istagandim, biroq o’yin durang 5:5 bilan tugadi. Bu faoliyatim davomidagi va Angliya premer-ligasidagi 5:5 hisobidagi birinchi durang edi. Ushbu 90 daqiqa yodimda butun umr muhrlanib qoladi.

Manchesterga qaytgach, ofisimning stoli ustida bir uyum xatlarga ko’zim tushdi. «Real» klubi rahbariyati menga juda ajoyib sovg’alar va tabrik xatlari jo’natgan ekan. Sovg’alar va xatlar orasida jamoaning Sibelis maydonida so’nggi chempionligini nishonlayotgani aks ettirilgan kumush gravyurali surat hamda klub prezidenti Florentino Peresdan kelgan tabrik xati ham bor edi. Keyingi sovg’a Amsterdamning «Ayaks» klubidan va yana biri Edvin van der Sardan kelgan edi. O’sha paytda mening kotibam muxbirlar bilan tinmay ishlayotgandi.

Dam olish kunlari «Suonsi»ga qarshi o’z maydonimizda o’tkazilgan o’yin mening «Old Trafford»dagi so’nggi o’yinim bo’ldi. Ushbu o’yindan oldin men oilam, do’stlarim va murabbiylar shtabi bilan suhbatlashib, ularga yangicha hayot boshlashni ma’lum qildim.

Faoliyatimni tugatish qarori 2012 yilning qishida kelgandi. «Rojdestvo» arafasida ushbu qaror men uchun eng ma’qul yo’l ekanligini anglab etdim:

«Men faoliyatimni tugatyapman»

  • Nega bunday qarorga kelding? – deb so’radi Keti.
  • O’tgan mavsum biz so’nggi o’yinda mag’lubiyatga uchrab sovrindan quruq qoldiq, men bunday holatni boshqa ko’tara olmasligim mumkin, - deb javob berdim unga. Fikrimcha, ushbu mavsum chempionatda g’alaba qozonib, Chempionlar ligasi va Angliya Kubogi finaligacha etib borsak, faoliyatim oxiridagi ajoyib natijani qo’lga kiritgan bo’lardik.

Keti bu gaplarimni eshitib allaqanday narsani yo’qotgandek bo’ldi va o’zini qo’lga olishga harakat qildi. Biroq keyinchalik u taqdirga tan bergan holda qarorimni qo’llashdan o’zga chora topa olmadi.

Shartnomaga binoan mavsum tugashi bilan ketishga qaror qilgan bo’lsam, unda 31 martgacha klubni bu haqda xabardor qilishim shart edi. Fevral oyida dam olish kunlarining birida menga Devid Gill qo’ng’iroq qilib, uyimda gaplashib olishni iltimos qildi.

«Yakshanba kuni?»

  • Ishontirib aytamanki, u klubning ijroiya direktorlik lavozimidan ketmoqchi, - dedim o’zimga.
  • Yoki sening bo’shatilishing haqidagi xabarni aytarmikan, - deb javob berdi Keti.

O’shanda Devid menga mavsum tugashi bilan hozirgi lavozimidan ketmoqchi ekanligini aytdi. Shundan so’ng men ham unga faoliyatimni tugatishimni ma’lum qildim.

Oradan bir qancha vaqt etib, u menga yana qo’ng’iroq qildi va Gleyzerlardan xabar kutishimni aytdi. Ko’p o’tmay Joel Gleyzer qo’ng’iroq qilib, mening qarorim hech qanaqasiga Devidniki bilan bog’liq emasligini va «rojdestvo» bayramlaridan oldin klubni tark etishga qaror qilganligini aytdi. O’shanda ketish qarorim Brijetning vafoti bilan bog’liq ekanligini va uning o’limi bizning hayotimizni butkul o’zgartirib yuborganini aytdim. Keti ham o’zini yolg’iz his etayotganini tushuntirdim. Joel meni tushundi va biz u bilan Nyu-Yorkda ko’rishishga qaror qildik. O’shanda u meni klubda qolishimni istayotganini anglab etdim. Men uning sof niyatini qadrlashimni va meni qo’llab turgani uchun undan minnatdor ekanligimni aytdim. U bo’lsa menga shuncha yil klubda ishlaganim uchun tashakkur bildirdi.

Men unga qarorim qat’iy ekanligimni tushuntirgach, u bilan o’rnimga «Yunayted»da kim bosh murabbiy bo’lishi haqida suhbatlashdik. Ikkimizning ham gapimiz bir joydan chiqib, - Devid Moyes bo’lishini istadik.

Bu orada Devid uyimga kelib «Yunayted»da bosh murabbiy bo’lishi haqida suhbatlashdi. Ketishim haqida rasman xabar qilinganidan so’ng o’rnimga kim bosh murabbiy bo’lish masalasini tezda hal etish Gleyzerlar uchun juda muhim edi. Ular yangi bosh murabbiy tezda ishga kirishishini istashardi.

Shotlandiyaliklar kuchli irodaga ega bo’lishadi. Ular o’z uylarini faqatgina bir maqsad yo’lida, hayotda o’z o’rnini topish uchun tark etishadi. Keltlar o’tmishdan qochmaydi. Ular faqatgina hayotlari yaxshiroq bo’lishi uchun ketishadi. Bunday holatni deyarli barcha joyda, Amerikada ham, Kanadada ham ko’rish mumkin. Bu qo’rqoqlik emas, balki ishni oxirigacha etkazish yo’lidagi harakat sanaladi. Ko’pchilikning tilida doston bo’lgan bu kabi shotlandcha iroda menda ham bor.

Shotlandiyaliklar o’z mamlakatlaridan tashqaridan ham hazil qilishni yo’qotmaydilar. Devid Moyes – shunday yigitlardan biri. Ularning eng yaxshi xususiyati oldiga qo’ygan maqsad sari olg’a qadam tashlab, ortga chekinmaslikda. Odamlar bir necha marotaba menga: «Biz sizni o’yin vaqtida kulishingizni ko’rmaganmiz» deyishgan. Mening javobim esa qo’yidagicha bo’lgan: «Men bu erga kulish uchun kelmadim. Men bu erga faqatgina har bir o’yinda g’alaba qozonish uchun keldim».

Devidda ham xuddi shunday xususiyat mavjud. Men buni uning oilasini yaxshi taniganim uchun aytayapman. Uning otasi katta Devid Moyes, men yoshlik davrimda to’p surgan «Dramchapel» klubining murabbiyi bo’lgan. Moyesning oila a’zolari har doim bir-biri uchun qayg’uradi, biroq men uni buning uchun murabbiylikka tavsiya qilganim yo’q. Men 1957 yili «Dramchapel»dan ketdim.

Gleyzerlarga Devid tezda yoqib tushdi. Uning dangal va haqiqatni gapirish xususiyati ularni o’ziga rom etdi. Men ham haqiqatni gapiraman va Devidga ta’sir ko’rsatishni istamayman. Nega men 27 yil ishlaganimdan so’ng yana klubning mashg’ulotlariga qatnashish istagida bo’lishim kerak? Endi bu hayotni tugatish vaqti keldi. Devid shak-shubhasiz bizning an’anamizni davom ettira oladi. U iste’dodni «ko’ra oladi». Shu sababli «Everton» o’tgan mavsumda ajoyib o’yin ko’rsata oldi va yuqori darajali futbolchilarni o’z safiga chaqirdi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.