Mualliflik bloglari

SER ALEKS FERGYUSON: KIRISH

Blog MANUTD

2013 yilning 8 mayida «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson, klubdagi 27 yillik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Ushbu davr mobaynida buyuk shotlandiyalik mutaxassis 38 ta sovrinni: 13 marotaba Angliya chempioni, 10 marotaba Angliya Superkubogini, 5 marotaba Angliya Kubogini 4 marotaba Liga Kubogini va ikki marotaba Chempionlar ligasi g’oliligini qo’lga kiritishga erishdi.

«Yunayted»dagi Faoliyati davomida ser Aleks bir nechta buyuk futbolchilar avlodini tarbiyaladi va ular bilan birga mashaqqatli va og’ir yo’lni bosib o’tdi. Hattoki «qizil iblislar» muxlislari yodida butun umr qoladigan 1999 yilgi finalni va boshqa ko’plab voqealarni ham klub bilan birgalikda o’tkazdi. 24-oktyabr kuni jahon yuzini ko’rgan ser Aleksning «My Autobiography» kitobida, uning «Manchester Yunayted»dagi muhim voqealari, o’yinchilar, murabbiylar va mashhur kishilar bilan munosabati yoritib berilgan. Qisqa qilib aytganda murabbiy o’z kitobida, yomon ko’rgan britan OAV aytmagan gaplarini bayon etgan.

Ser Aleks Fergyuson

Ser Aleks Fergyuson 1941 yil Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Govana shaharchasida tavallud topgan. Markaziy hujumchi pozitsiyasida o’ynab yurgan paytlarida Fergyuson, o’sha paytda shotlandiya chempionatida rekord summa sanalgan 65 ming funt sterling evaziga «Reyndjers» klubi tomonidan sotib olingan.

1974 yil murabbiylik faoliyatini boshlagan mutaxassis, 1982-83 yillar oralig’ida «Aberdin» klubini Kuboklar Kubogi sohibiga aylantirishdan oldin, «Ist Sterlingshir» va «Sent-Mirren» jamoalarida ishlagan. 1986 yil Fergyuson «Manchester Yunayted» klubiga kelib, faoliyati davomida Qit’alar aro Kubok, ikki marotaba Chempionlar ligasi, 13 marotaba premer-liga va 5 marotaba Angliya Kubogi g’olibligini qo’shib hisoblaganda 36 sovrinni qo’lga kiritgan. Butun murabbiylik faoliyatida esa 49 ta sovrinni qo’lga kiritgan Fergyuson, Britaniya tarixidagi eng omadli murabbiylardan sanaladi.

1999 yilda ritsarlik unvoniga sazovor bo’lgan Fergyuson, 2013 yilning 8 maya oyida, «Yunayted» premer-liga yana bir marotaba chempion bo’lgan paytda, faoliyatini tugatishini ma’lum qildi. 71 yoshga to’lgan ser Aleks, hali ham klubni direktor sifatida boshqarib kelayapti.

MINNATDORCHILIKLAR

Ushbu kitobni yozishga ko’maklashgan bir nechta insonlarga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Birinchi navbatta bosh muxarrir Roddi Blumfildga va uning yordamchisi Keyt Maylsga minnatdorchilik bildiraman. Roddi o’zining boy tajribasi bilan katta yordam berdi. Keyt bilan birgalikda esa ular engilmas jamoa tuzib, qattiq mehnat qilishdi.

Pol Xeyvord esa o’zining haqiqiy professional ekanligini namoyish etdi. U bilan birga ishlash juda oson bo’ldi. Ma’lumotlarni to’plash jarayonida, u har doim meni ishning qanday ketayotgani haqida xabardor qilib turdi. Fikrimcha Pol xotiramda qolgan barcha ma’lumotlarni to’plab va ularni bitta butun kitobga tushirib ajoyib ishni amalga oshirdi.

To’rt yil davomida kitob uchun suratlar yig’gan suratchi Shon Pollok ham misli ko’rilmagan ishni amalga oshirdi. Uning katta tajribasi, ishga oqilona yondashishga va har bir detalga alohida e’tibor qaratgan holda, uni yig’ish bilan oldimizga qo’ygan maqsadga etishishga yordam berdi.

Les Dalgarno, mening huqushunosim. Unga bildirilgan ishonchini to’liq oqlab, haqiqiy do’stim ekanligini namoyish etdi.

Bundan tashqari ushba maqsadni amalga oshirish yo’lida o’z mehnatini ayamay ishlagan ko’plab insonlarga ham minnatdorchilik bildiraman. Men ularning har bir harakatini mehnatini qadrlayman. Shunday mohir va iste’dodli jamoa bilan ishlash menga huzur bag’sh etdi.

CHIQISH

Bir necha yil oldin men ushbu avtobiografiyani yozish uchun, ishdan bo’sh vaqtlarimda ma’lumotlar yig’a boshladim. Men har doim nafaqat futbol jamiyatidagilarga balki bu jamiyatga kirmaydigan o’quvchilarga qiziqarli bo’ladigan kitob chiqarishni istardim.

Faoliyatimni tugatishim ko’pchilikka kutilmagan hol bo’ldi desam adashmayman. Ushbu avtobiografiyam ko’p yillar davomida xayolimda yozilib borardi. Yangi kitob mening «Oldingi hayotim»ni to’ldirib turuvchi nashrga aylandi. Birinchi qism, yoshlik yillarimda Glazgodagi damlarim, Aberdindagi do’slarimga va Manchesterda o’tgan ajoyib va takrorlanmas onlarga bag’shlanadi. O’zim ham ushbu kitobning ashaddiy kitobxoni sifatida, «Yunayted»dagi faoliyatimda bo’lib o’tgan barcha sirlarni ochishni istadim.

 

Hech bir futbol faoliyati, mag’lubiyatsiz, omadsiz va cho’qqiga chiqish va tubga sho’ng’ishsiz bo’lmaydi. «Aberdin» va «Manchester Yunayted»da ishlashni boshlaganimda, o’yinchilarning mehrini va ishonchini qozonish maqsadida, ular bilan munosabatni yaxshilay boshladim. Ishonch – jamiyat bilan munosabatga kirishishdagi eng muhim va samarali vosita hisoblanadi. Bu o’rinda menga tabiatan e’tiborliligim yordam berdi. Ba’zi odamlar ma’lum bir xonaga kirib qolsalar, u erdagi muhitga singib keta olmaydilar. Men bu qobiliyatimni har bir o’yinchining mashg’ulotlardagi hatti-harakati davomida, ularning ma’naviy va ruhiy ongiga kirib borish uchun qo’lladim.

Albatta men o’tgan damlarni, 1986 yilda «Yunayted»ni boshqarish uchun kelganimda, o’yinchilar bilan echinish xonasida qilgan hazillarimizni, boshqa murabbiylar bilan raqobatlashganim va eski maktab vakillari bilan unutib bo’lmas munosabatlarimni sog’inib qolaman. O’shanda Ron Atkinson ich-ichidan qayg’u chekayotganini yuzida aks ettirmadi va klubdan ketayotib, bizlarga omad tiladi. Jim Smit ajoyib xarakterga ega inson va mening eng yaxshi do’stlarimdan biri edi. uning mehmondo’stligi chegara bilmas edi.

«Koventri Siti»ga murabbiylik qilgan Jon Sillett ham yaxshi do’stim edi. Faoliyatim boshida meni qo’llab-quvvatlab turgan va men uchun vaqtini hech ham ayamagan Jon Layallni hech ham unutmayman. Bobbi Robson bilan birinchi uchrashgan paytim, 1981 yilda «Aberdin» «Ipsvich»ni UEFA Kubogi bahslaridan chiqarib tashlagan kunda bo’lgan. O’yindan so’ng esa Bobbi echinish xonasiga kirib, har bir o’yinchi bilan ko’rishib chiqqqan edi. Uning do’stlikni barcha narsadan ustun qo’yishi va insoniylik xislatlari bir umr yodimda qoladi. Uning ketishi esa biz uchun katta yoqotish bo’ldi.

Yuksak ishlarini baholamay bo’lmadigan eski maktabning yana bir qancha murabbiylari bor edi. Agar men zaxira tarkibning o’yinlarini kuzatishga borsam, u erda albatta Jon Rujni va Lenni Lourensni uchratar edim. Bundan tashqari «Oldxem»da katta shuv-shuvga sabab bo’lgan katta Jo Royle kabi insonlar bor. Uning yigitlari bizni bir necha marotaba og’ir ahvolga solib qo’yishgandi, shu sababli ushbu o’yinlar haqida to’liq ma’lumot berishni istamadim. Shu bilan birgalikda men bilan bir davrda ishlagan Xarri Rednappni va Toni Pulisni ham chetlab o’tmaslik kerak.

«Yunayted»da menga, klub murabbiylari shtabiga kirgan bir qancha ajoyib va sodiq insonlar bilan ishlash nasib etdi. Ularning ba’zilari men bilan 20 yildan ko’proq vatq davomida birga ishladi. Kotibim Lin Laffin, bosh murabbiylikdan ketgunimcha men bilan birga bo’ldi. Ayni paytda Lin ushbu lavozimda mening hozirgi ofisimda ham ishlayapti. Unga Les Kershou, Deyv Bashell, Toni Uilan va Pol MakGinness yordam berib turishadi. Ket Fipps hozirda retseptsiyada ishlayapti. Ilgari u «Old Trafford»dagi o’yinda tashkiliy masalalar bo’yicha ishlar edi. Mana 40 yildan beri u «Yunayted»ning bir qismi bo’lib kelmoqda. Bundan tashqari nafaqaga chiqqan Jim Rayanni, klubning evropadagi skauti sanalgan (juda ham qiyin ish) akam Martinni va Brayan MakKleyrning ishlarini alohida ta’kidlab o’tgan bo’lardim.

Norman Devis – bir necha yil oldin bizni tark etgan eng sodiq do’stlarimdan edi. Uning o’rniga kit-menejerlik lavozimiga kelgan Albert Morgan ham o’zining sodiq inson ekanligini qo’p marotaba ko’rsatdi. Klub shifokori Stiv MakNelliga, Rom Svayr boshliq fizioterepevtlar jamoasiga, Toni Stradvik va uning jamoasiga, jamoa oshxonasi xodimlariga, Jon Aleksandr va Enn Uayli ham minatdorchilik bildiraman. Shu bilan birgalikda Jim Loulor va uning skautlar jamoasini, darvozabonlar murabbiyi Erik Stilni, videomateriallar bo’yicha tahlilchi eksperlar Saymon Uells va Stiv Braunni, chim bo’yicha ekspertlar Jo Pemberton va Toni Sinklerni hamda barcha ishchi guruh xodimlarini ham alohida tilga olmasdan ilojim yo’q. Orada ba’zi bir xodimlarning nomini tilga olib o’tishni unutgandirman, lekin aniq bilaman ular, barchani qattiq hurmat qilishimni yaxshi bilishadi.

Yordamchilar va murabbiylar uzoq yillar mobaynida menga ko’maklashib kelishdi. Archi Noks bosqich boshida menga sodiq ittifoqdosh bo’ldi. Brayan Kidd, Nobi Staylz, Erik Xarrison - yoshlar bilan ishlash bo’yicha ajoyib mutaxassislar. Stiv Maklaren juda zamonaviy va tirishqoq murabbiy edi. Karlosh Keyrush va Rene Melensten ham ajoyib murabbiy edilar. Mening yordachim Mayk Felan ham o’zining talabchan, e’tiborli va haqiqiy futbolga fidoiy inson ekanligini ko’rsatdi.

Bosh murabbiylik lavozimida uzoq muddat qolishimga sababchi bo’lgan Bobbi Charltondan va Martin Edvardsdan bir umr qarzdorman. Ularning menga futbol jamoasi emas, balki haqiqiy futbol klubi shakllantirishga yordam berishgan.

Kitobni yozish jarayonida, katta vaqt oralig’ini va ko’plab voqealarni ushbu nashrga joylashtirishga to’g’ri keldi. O’ylaymanki sizlarga ham ushbu kitobni o’qib, men bosib o’tgan yo’ldan borish maroqli bo’ladi.

SO’ZBOSHI

O’z o’yimizda o’tkazgan birinchi o’yinda, katta maydonga chiqib kelish tunnelidan o’tganimga ham mana o’ttiz yil bo’libdi. «Stretford End» bilan ko’rishgan holda markaziy aylanmaga keldim va u erda «Mancheter Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi sifatida barchaga tanishtirildim. Mana oradan ozmi ko’pmi vaqt o’tib, men yana o’sha joyga, endi bu gal xayrlashish uchun sahnaga chiqdim.

O’shanda «Manchester Yunayted»da tutgan o’rnim obro’yim, ko’pchilikka umuman ma’lum emasdi. 1986 yilning kuzida Aberdindan janubga qarab yo’l olganimda, o’zimni ishonchli his etsamda, ammo borayotgan yangi ish joyimda menga omad kulib boqadimi yoki yo’qmi bunga hech kim kafolat bera olmasdi.

2013 yilning may oyidagi xayrlashuv nutqimdan so’ng, xayolimda butun faoliyatidagi voqea va hodisalar aylana boshladi. Mana masalan 1990 yilning yanvarida Angliya Kubogi doirasida «Nottingem Forest»ga qarshi o’tkazilgan o’yinda Mark Robinsning klubga g’alaba keltirgan goli, meni o’z o’rnimda qolishimga sababchi bo’ldi. O’shanda biz bir oy davomida g’alaba nima ekanligini bilmay kelayotgan edik va bunday ko’rsatgich o’zimga bo’lgan ishonchga yo’qotishimga sababchi bo’lar edi.

Klubda murabbiyligimning to’rtinchi yilida, Angliya Kubogi finali doirasida bo’lib o’tgan «Kristal Pelas»ga qarshi o’yinda g’alaba qozonmaganimizda, klubdagi faoliyatimga nuqta qo’yilgan bo’larmidi. Lekin shunday qaltis vaziyatlarda, klubni tark etishimga qanchalik yaqin bo’lganimni bilmayman ham, chunki bu haqda hech qanday gap-so’z ham yo’q edida. Biroq «Uembli»dagi o’sha g’alaba bo’lmaganida, klub o’z muxlislarini yo’qotar va bu habar rahbariyatga etib bormay qolmas edi.

Menimcha Bobbi Charlton faoliyatimni tugatishimga qarshi bo’lardi. U meni klubda qanday ishlarni amalga oshirayotganimdan va yoshlarni tarbilash ishlariga katta e’tibor qaratishimdan xabardor edi. U meni tushunardi va meni bu ishlarga qanday hozirlik ko’rayotganimni kuzatardi. Klubning sport direktori Martin Edvards ham barcha ishlarimni bilardi. Bu ikki inson yaxshi kunlarda ham eng og’ir kunlarda ham men bilan birga bo’lishgan va meni qo’llab turishgan.

Angliya Kubogida g’alaba qozonganimiz, meni o’z o’rnimni saqlab qolishimga va ushbu klub bilan yanada ko’proq sovrinlarni qo’lga kiritishimga ishontirdi. «Uembli»dagi o’sha g’alaba yaxshi kunlarning boshlanishina sababchi bo’ldi. Biroq ertasi kuni gazetada chiqqan gaplar meni ajablantirdi. «Yaxshi, sen Angliya Kubogini qo’lga kiritishingni barchaga isbotlay olding, bo’ldi endi Shotlandiyaga qaytsang ham bo’laveradi». Men bu so’zlarini hech qachon unutmayman.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.