Mualliflik bloglari

OMADSIZ RAYAN GIGGZ

Blog Maydon.uz

2006 yilda Uels terma jamoasi Braziliyaga qarshi maydonga tushadi. Tarkibida Ronaldino, Kaka kabi futbol yulduzlariga ega bo‘lgan braziliyaliklar ustozi Dunga o‘sha o‘yindan keyin Rayan Giggzning o‘yiniga juda yuqori baho bergandi: «Rayan – dunyodagi har qanday murabbiy o‘z jamoasi tarkibida ko‘rishni orzu qiladigan futbolchi, men ham istisno emasman».

O‘zi nega kimnidir omad-siz deb bilamiz, hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Јachonki, qay-sidir insonning hayot yo‘li, qobiliyati, mehnati u qo‘lga kiritgan natijalarga mos kelmasa, omad so‘zini ko‘p ishlatamiz. Yoki aksincha, hayot kimgadir asli loyiq bo‘lganidan ko‘prog‘ini beradi. O‘shanday holat-larda biz o‘sha insonning omadli ekani haqida gapira boshlaymiz. Demakki, omadsizlik in-sonning salbiy sifati emas, aksincha, u manna shunday ro‘yxat ostida qayd etildimi, bilaveringki, u ko‘prog‘iga loyiq. Aynan mana shu u loyiq bo‘lgan muvaffaqiyatlarga erisha olmagani uchun unga achinamiz, uni ayblashga tilimiz bormaydi, beixtiyor omadni ayblaymiz.

Endi, Britaniya futboli tarixida eng ko‘p sovrin yutgan ushbu rekordsmen futbolchi, yana omadsiz deb ham atalishi uchun u qanchalik buyuk bo‘li shi kerak, his qildingi zmi?

Gap nima haqidaligini payqab bo‘lgansiz, ha, Rayan Giggzga terma jamoa miqyosida biror katta turnirlarda g‘alaba qozonish tugul, final bosqichida qatnashish ham nasib etmagan.

Bu holat Giggz uchun qanchalik achinarli bo‘lgani, aslida u terma jamoa safida nimadir yutishni qanchalik istagani bizga qorong‘u. Balki bu holat unga yordam ham bergandir. Masalan, juft yillarda ko‘proq ta’til olgan, yoki masalan , terma jamoadagi faoliyatini erta tugatgan, ko‘pincha o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb etilmagan balki, aynan shu jihatlar uni n g yuqori saviyadagi faoliyati bu qadar uzoq va unikal bo‘lishiga, qirq yoshdan oshib top klublarda o‘ynagan sanoqli futbolchilardan biri bo‘lishiga omil bo‘lib xizmat qilgandir. Bilmadim. Balki.

Lekin uning qaysidir terma jamoa libosida biror jahon chempionatida o‘sha Kaka yoki Ronaldinolarga qarshi maydonga tushishini tomosha qilishni juda istagan bo‘lardim. Siz ham istasangiz kerak. Balki biz ko‘proq omadsizdirmiz, nima dedingiz?

Q. Aslanov

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.