Mualliflik bloglari

OMADSIZ DEVID BEKHEM

Blog Maydon.uz

Omadsiz futbolchi, deysizmi? To‘lib yotibdi. Futbol tarixini titkilang, e, titkilash ham shartmas, hozir ham unday futbolchilar yetarli. Gullagan paytida jarohat olganlari ham, murabbiy bilan chiqishmay zaxirada zerikkanlari ham, o‘ziga gol urib sovrindan quruq qolganlari ham.

Qisqasi, futbolda omadsiz o‘yinchilar ko‘p. Lekin buni qarangki, boshqa toifa omadsizlar ham bor. Mana, masalan, Devid Bekhem. Omadsiz deb atashga tili bormaydi kishining. Zamonaviy futbolning eng ko‘zga ko‘ringan namoyondalaridan biri.

Angliyaning Golden Boy’ i. Sovrindor, puldor. YeChLning eng shov-shuvli finali Beks nomi bilan bevosita bog‘liq. Intiqom so‘zi ham Beks bilan uyg‘un – Diego Simeone, Aldo Dusherdan olingan taqdir zarbalari va yakunda Argentina ga urilgan penalti yodingizdadir?

Faqat eng zo‘r klublarda o‘ynagan. Nafaqat sportda, balki boshqa sohalarda ham megayulduz.

Klub miqyosida yutmagan sovrini qolmagan hisobi. Yo‘q-yo‘q, men uni terma jamoada aytarli natija ko‘rsatmagan va shuning uchun omadsiz, demoqchimasman.

U holda butun Angliyani omadsiz, deyishim kerak. Devid Bekhem omadsiz, chunki u «Oltin to‘p» sovrinini ololmagan! qo‘shilmayman, «Oltin to‘p»ni olmaganlar qancha, unday bo‘lsa dunyodagi deyarli barcha futbolchini omadsiz deyish kerak, deyishga shoshilmang.

Beks ushbu sovringa juda yaqin kelgan, unga loyiq bo‘lgan va qo‘lga kirita olmagani uchun ham omadsiz.

1999 yili trebl qilgan «MYu»ning ajralmas bo‘lagi, yetakchilaridan biri, dunyo ahlini jarima zarbalari , geometrik aniqlikdagi to‘p uzatishlari va maftunkor o‘yinlri bilan lol qoldirgan Bekhemni allaqanday Rivaldo ortda qoldirdi. Birgina o‘yin tufayli. Butun mavsum inqillab-sinqillab, yakunda zo‘rg‘a 5-o‘rin da turgan «Ba rsel on a» so‘nggi turda Valensiya bilan o‘ynaydi, Rivaldo qaychi uslubida gol uradi, bu gol hal qiluvchi bo‘ladi va «Barsa» bor-yo‘g‘i YeChL yo‘llanmasini beradigan 4- o‘rinni(!!!) egallaydi.

Qarang, bir o‘yin, bir gol. To‘g‘ri, Rivaldo o‘sha mavsum yomon o‘ynamagandi, ammo Bekhemchalik emas, Bekhemdek foydali emas. Trebl qayda-yu 4-o‘ringa olib kelgan bitta gol qayda?!

Shunaqayam adolatsiz bo‘lasizlarmi, o‘rtoq ovoz beruvchilar? Nega Beksni «Oltin to‘p» so‘rovnomasida 2- o‘rinda qoldirgansiz?

Haligacha xafa bo‘laman shuni o‘ylasam. Eh, omadsiz Beks!

B. Akmalov

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.