Mualliflik bloglari

BU ODDIY YAKSHANBA EMAS

Blog Xuan Mata

Barchaga salom!

Men hozirgina uyga keldim.  Sizga buni yozish va Superboul ko‘rish niyatidaman.

Bugun barcha voqealar «Har yakshanba» filmidagi voqealar rivojiga o‘xshamadi, bu oddiy kun emas edi.  O‘ziga xos yakshanba bo‘ldi.  Barchangizga ma’lumki, Londonda «Chelsi» jamoasiga qarshi o‘yin bo‘lib, bunda durrang 1-1 natijasi qayd etildi. Men  maydonda bo‘lganimda bu o‘yin muxlislarga yoqqanini his qildim. Biz ushbu o‘yinda juda ko‘p gol urmagan bo‘lishimiz mumkin, ammo ushbu o‘yinning bunday ko‘tarinki ruhda o‘tishiga ikkala darvozabonlarning hissalari juda katta.

Ikkala jamoa vakillari ko‘rsatgan o‘yinlarini alohida qayd etib o‘tish lozim. O‘yinning birinchi daqiqasidan boshlab oldimizga qo‘yilgan yagona maqsad bu g‘alaba edi. Biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik ammo o‘yinning so‘ngi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan boy berdik. Shunisi hayratlanarli ediki, g‘alaba biz uchun  Premer Liganing ikkinchi davrada eng yaxshi o‘rinni egallashimiz uchun juda ham zarur edi, ammo «Chelsi» jamoasi o‘yin so‘ngida ajoyib o‘yin ko‘rsatib gol urdi. So‘ngi vaqtlarda biz o‘yinmiz sifatini yaxshilashga harakat qilmoqdamiz, va shunga aminmanki, faqat shu yo‘l bilan keying o‘yindalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishimiz mumkin. Jomoa yetarli darajada ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Biz keying o‘yinlarda ham shunday o‘ynashni davom ettiramiz.

Keling endi barchasini boshidan ko‘rib chiqamiz....

Men uchun «Stemford Bridj»dagi o‘yinlar har doim o‘ziga xos bo‘lgan. Shu kunlarda men barchasini boshqacha his qilyapman. Referi o‘yinni boshlash uchun bergan hushtakdan so‘ng, jamoamga yordam berish uchun bor harkatim bilan o‘ynayapman. Ta’kidlash joizki, men «Chelsi» jamoasining muhlislariga iliq qabul qilganliklari hamda maydonni tark etayotganimda ko‘rsatgan ajoyib olqishlari uchun minnatdorman. Bunday voqealar uchrashuv ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shadi va bir umrga yodda qoladi.

Men Kruta Zuma olgan jarohatni esdan chiqara olmayman. O‘sha daqiqada men unga yaqin masofada edim va hammasi qayday bo‘lib o‘tganini ko‘rdim. U maydonni zambilda, og‘riqdan qichqirgancha tark etdi. Umid qilamanki uning jarohati o‘ta jiddiy emas va u maydonga o‘ylaganimizdanda tez qaytadi. 

Ushbu kun men uchun o‘ta hayajonlarga boy bo‘ldi, bunga bir necha sabablar mavjud: biz g‘alabaga juda yaqin turgan bo‘lsakda, o‘yin so‘ngida uni yo‘qotdik, eski jamoadoshlari va do‘stlarim bilan uchrashdim. Va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldim. Aynan ushbu kun sportchi bo‘lishning qanchalik sharafli ekanligini his etdim.

Ispaniyadagi uch lider jomoalari ( «Barselona», «Atletiko», «Real Madrid») g‘alabani qo‘lga kiritishdi, natijada oliy nom uchun bo‘lgan poygada hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmadi. Shu o‘rinda Fernandoning «Atletiko» foydasi uchun kiritilgan 100 chi golini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Shu aytib o‘tmoqchimanki, sen uchun juda hursanman. Sen ajoyib jamoada juda muhim ko‘rsatkichga ega bo‘lding. Tabriklayman seni, Fer!

Xayrlashuv vaqti ham yetib keldi, shu imkoniyatdan foydalanib Xitoydagi muxlislarimini Yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Xitoy ulkan Osiyo Qit’asida joylashgan davlat bo‘lib, u o‘ziga xos madaniyatga ega. Yangi yilingiz bilan!

Sizga ushbu haftani ajoyib o‘tishini tilayman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Sizlarni quchib qolaman! 

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.