Mualliflik bloglari

ENDI EVROPA LIGASIGA NAVBAT

Blog Xuan Mata

Hammaga salom,

Ketma ket uch o‘yinda o‘z o‘yinimizni namoyish qilib yaxshi natijalarga erishgan edik, shanba kuni esa «Sanderlend»ga mag‘lub bo‘ldik. Jamoa o‘tgan uchrashuvlarda yaxshi o‘yin namoyish qilgan edi, bu fakt, faqatgina bizga doimiylik yetishmayapti, umidsizlik. Turnir jadvalida bizda yuqori o‘rind turga jamoalarga yetib olishimiz zarur. Hozirgi holda buning iloji bor, so‘ngi turda bizning asosiy raqiblarimiz bir birilari bilan to‘qnash kelishdi. «Sanderlend» ga qarshi uchrashuv boshi bizning foydamizga hal etilmadi, lekin biz ushbu vaziyatni o‘zgartirishga xarakat qildik. Birinchi bo‘limda bizda shunday his bo‘ldiki, agar biz o‘z o‘yinimizni namoyish qila olsak, albatta g‘alaba qozonishimiz sumkin edi. Ikkinchi bo‘limda esa bizda ikkinchi golni urush uchun vaziyatlar bo‘ldi, ular esa standart vaziyatdan unumli foydalanib gol urishdi va g‘alaba qozonishdi.

Mavsum boshidagi ishlar takrorlanmoqda, hozirda muhimi: munosib nimagadir erishish uchun doimiy o‘z o‘yinimizni kuchaytirib borish. Boshqa yo‘l yo‘q. Afsuslanish hozir befoyda. Oldinda bizni ko‘plab uchrashuvlar kutib turibti va hal hamma narsa ro‘y berishi mumkin.  

Avvalo biz oldinda turgan yevropa Ligasi haqida o‘ylashimiz kerak. Men tushinib turibman, xozir biz yaxshi vaziyatda emasmiz, lekin biz ushbu kubokni boshimiz uzra ko‘tarishni istasak faqat olg‘a xarkat qilishimiz lozim, bu esa bizga ikki karra bonus bo‘ladi. Men o‘z tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, agarda biz jiddiy jahd bilan ushbu musobaqada o‘ynasak, yakuni biz uchun maksimal darajada bo‘ladi. Xuddi men bilan uch mavsum oldan sodir bo‘lganidek. Oldinda bizni «Midtyulland» ga qarshi uchrashuvv kutib turibti, ular Daniyaning amaldagi chempionlari, hozirda esa o‘z milliy chempionatlarida uchinchi pog‘onada borishmoqda. Barchasi asta-sekinlik bilan.

Men o‘ylashimcha La Ligada nimalar ro‘y berayotganidan xabariz bor. «Real Madrid» va «Atletiko» navatdagi g‘alabani nishonlashdi, «Barselona» esa raqibi ustidan katta ustinlikni namoyish qoldi. O‘ylashimcha, NBA yuldizlari ishtirokidagi uchrashuvni tomosha qildingiz, u har doim qiziqarli bo‘ladi. Fikrimcha, Stefen Karri muhim o‘yinchi hisoblanadi. Uning maydondagi iqtorini va harakatini ko‘rish doim yoqimli.

Yana bir bor yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Ispaniya mini-futbol terma jamoasini tabriklamasam bo‘lmaydi. Bu mamlakatimizda ushbu sport turi yuksalayotganini namoyon qildi. Bizda ko‘p o‘yinchilar jahon darajasidagi o‘yinchilardir. Tabriklayman chempionlar.

Hozircha shu. Men yaxshi tushinib turibman va qayg‘uyingizga sherikman. Lekin, yana takrorlayman qiyinchilikni yengish va mag‘lubiyatga uchramaslikni yagona yo‘li bu birlik, qattiq mehnat qilish va istagimizdan voz kechmasligimiz lozim.

Sizlarga qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Quchib qolaman,

Xuan.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.