Mualliflik bloglari

«UEMBLI»GA BORISH UMIDIDA

Blog Xuan Mata

Hammaga salom.

Afsuski, bizning o‘yinlarmizdagi omadsiz davr davom etmoqda. Men bilamanki sizda mening uzin xabarlarimni o‘qish yoki jamoadoshlarimni fikrini tinglash istagi yo‘q. Men bilaman sizga g‘alaba zarur bizga ham shu kerak. Ammo, ushbu yozganlarim orqali shuni ayta olamanki hali hammasi o‘zgaradi.

Bizda juda ajoyib turnir hisoblangan Angliya kubogida uzoqqa borishda hamda Yevropa Ligasida Daniyadagi omadsiz o‘yinimizdan so‘ng  kambek qayd etish, shuningdek yaqin haftalar ichida Premer-Liga yetakchilari bilan oradagi farqni qisqartirish va Chempionlar Ligasi yo‘lanmasini beruvchi o‘rinlar uchun kurashish imkoniyati bor.

Bularning barchasi muhim, buning uchun keyingi o‘yinlarda yanada yaxshi o‘yin namoyish qilishimiz lozim.... Men ishonamanki, biz buni uddalaymiz. Birinchi maqsad— mehmondagi uchrashuvda «Shrusberi Taun» ustidan g‘alaba qozonish. Ushbu o‘yinda biz bor imkoniyatlarimizni ishga solmasak, g‘alaba qozonish juda qiyin bo‘ladi.

Ko‘p narsa yozishni istamayman. Faqatgina yana qaytarib aytamanki, bzning asosiy maqsadimiz — o‘yinimizni yaxshilash va so‘ngi uch yil ichidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etish, chunki futbolda imkoni yo‘q narsani o‘zi yo‘q. Biz barchamiz musobqalarda g‘olib bo‘lishni va kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida to‘p surishni istaymiz.

Men doim o‘z ishimga jiddiy munosabatda bo‘lishni avfzal bilaman. Bunda menga sizning qo‘llab-quvatlashingiz katta yordam beradi.

Sizlarni quchib qolaman,

Xuan.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.