Hammaga salom,
Bu hafta «Old Trafford» da ajoib bo‘ldi. Biz barchasini yaxshilab, bu uch uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Va biz buni uddaladik. So‘ngi vaqtlarda shunchalik ko‘p jarohatlar bo‘lishiga qaramay, bizning jamoa kurashishda davom etmoqda. Biz barchasini dastlab dushanbada Angliya Kubogi o‘yinida namoyish etdik. Bizning maqsad— «Uembli» dagi finaliga qadar borish. Buning uchun biz kelasi yakshanbada o‘z uyimizda «Vest Xem» ustidan g‘alaba qozonishimiz lozim. «Shrusberi Taun» ga qarshi kechgan uchrashuv oson kechmadi, buni hisob ham aytib turibdi (0-3). Eng qiyini jamoamiz qiyin vaziyatdan o‘tdi. Jamoamiz o‘ziga hos xarakter ko‘rsata oldi. Bu g‘alaba, shubhasiz, bizga kelgusi o‘yinlarda ishonchni bera oldi. Payshanba kuni esa Yevropa Ligasi bahsida «Midtyulland» ustida birinchi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatni alamini olishimiz lozim edi. Bu yaxshi tashkil qilingan va kompakt himoyaviy jamoa, lekin biz yaxshi xarakat qildik hamda ishonchli g‘alabaga erishdik. Shunday qilib, bizda yana bir maqsad paydo bo‘ldi: jamoa muzeyida xozircha yo‘q bo‘lgan sovrinni qo‘lga kiritish va kelasi mavsumda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga egalik qilish. Kelkusi bosqich biz uchun alohida ahamiyat kasb etadi, qu’a bizni «Liverpul» bilan to‘qnashtirdi. Ishonch bilan ayta olamanki ikki bahs ham juda qig‘iq bo‘ladi. Biz barchamiz hayajon va intizorlik bilan ushbu uchrashuvni kutmoqdamz.
Balki, o‘tgan haftaning eng asosiy lahzasi bizning «Orzular teatri» da «Arsenal» jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabamizdir. Avvalo alohida stadiondagi ajoyb muhitni zikir qilib o‘tishim lozim. O’ylashimcha, bizning muhlislar birdamlik bilan ushbu uchrashuv biz uchun juda muhim ekanligini bilishar edi... Birgalikda biz kuchlimiz, va sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bizga kuch beradi, ayniqsa o‘yin so‘ngida bu juda muhim, biz o‘z o‘yimizda uch ochkoni saqlab qolishimiz uchun... O’yin juda ham keskin va murosasiz, ko‘plab gollarga boy tarzda o‘tdi... Qisqacha aytganda: bu o‘yin sport ishqibozlarining tabidek bo‘ldi. Barcha bunday uchrashuvda ishtirok etishni istaydi, muhim raqiga qarshi to‘liq bosim ostida to‘p surdik. Shunday o‘yinlar uchun ham men futbolni sevaman. Barcha jamoa a’zolari ajoyib o‘yin namoyish qilganda, alohida biror kimni maqtash noo‘rin, lekin biz barchamiz Markus (Reshford) uchun juda xarsandmiz. U asosiy jamoa tarkibida ko‘p o‘namagan bo‘lishiga qaramay, jamoa uchun muhim gollarni urmoqda, o‘zining ajoyib potensialini namoyish qilib va bizga kelajakka ishonch bag‘ishladi, shunday ekan men ishonch bilan unga omad tilab qolaman. Bundan tashqari, jamoaga an’ana bo‘lib qolgan akademiya bilan doimiy aloqa Markus va uning jamoadoshlari bilan bo‘lgan bunday vaziyatlar muhlislarga doim faxr bag‘ishlaydi. Ular ko‘rib turishibdi, katta mashaqat bilan ishlagan yoshlar o‘yinchilar albatta taqdirlanadi.
Lekin hozr bayram qiladigan vaqt emas. Hozirda biz barcha fikrimiz «Uotford» ga qarshi uchrashuvga jamlangan. Mavmsum so‘ngida g‘alabalardan bahramand bo‘lish uchun biz ijobiy dinamikani davom ettirish va g‘alaba qozonishimiz lozim. Bizning yo‘limizdagi keyingi bekat chorshanbada.
Bu vaqtda La Ligada «Barselona» murosasiz bahsda «Sevilya» uchrashuvda g‘alaba qozondi, o‘yin ajoyib bo‘ldi. «Atletiko» esa «Real Madrid» ustidan «Santyago Bernabeu» da ustun keldi, «Vilyarreal» esa ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda, va yana bir bor g‘alaba qozondi. Bitta golni mening do‘stim Adrian Lopes urdi. Men uning uchun xursandman, so‘ngi vaqtlarda uni jarohatlar ko‘p qiynaytgan edi...
Bugungi qaydlar o‘tgan haftaga qaraganda ancha xursandchilik kayfiyatida yozildi. Har doimdagidek, men bizni doim kerakli vaziyatda qo‘llab–quvvatlaganingiz uchun sizga alohida rahmat aytaman. Bu g‘alabalardan rohatlaning. Biz ushbu lahzalar yanada uzoqroq davom etishi uchun harakat qilamz!
Sizga haftani yaxshi o‘tkazishingizni tilayman. Sizlarni quchib qolaman!
Xuan.
P.s. Basketbolni sevadiganlar uchun Serxio Lullning ajoyib xarakatinti, Stiven Karrning o‘yinini ko‘rishni tavsiya qilaman ... Ajoyib.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.