Mualliflik bloglari

U XAQIQIY NA’MUNA

Blog Xuan Mata

Hammaga Salom.

Terma jamoadagi o‘yinlardan so‘ng Premer-Ligaga qaytish va g‘alaba qozonish yoqimli bo‘ldi. Yaxshi tarkibga ega bo‘lgan «Everton» ga qarshi uchrashuvda uch ochkoni qo‘lga kiritish bizga qo‘shimcha kuch va o‘ziga xos ishonch bag‘ishlaydi. Bugungi kunga kelib bizning hisobda yana 7 o‘yin qoldi (Angliya Kubogi uchrashuvini hisobga olmaganda), va bizning asosiy maqsadimiz: mumkin qadar ko‘p ochko to‘play olishdan iborat. Va so‘ngi o‘yindan keyingina faqat musobaqa jadvalida biz nechinsi o‘rinda bo‘lishimizni aytish mumkin. Kelgusi o‘yinda biz «Tottenxem»jamoasi bilan to‘qnash kelamiz. Bu biz uchun o‘ziga xos chaqiriq va o‘z imkoniyatlarimizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat, xursand qiladigan tarafi biz mavsum so‘ngiga qadar kurashamiz.

Yakshanba kungi uchrashuv alohida Bobbi Charltonuchun edi. Men jamoa safiga qo‘shilganimdan buyon uning qo‘llab quvatlashini doim xis qilib turaman. U xaqiqatdan jahon miqiyosidagi afsona. U xaqiqiy na’muna. Qisqa qilib aytganda, u jamoa tomonidan tan olingan timsol. U xozirda va keyinchalik ham «qizil iblisalar»uchun idealna’munadir. Endilikda «Orzular teatrining»bir sektori uning nomi yuilan ataladi. Har doim biz maydonga tushganimizda, uning buyukligini bizga eslatib turadi. Bunday e’tibor jamoa uchun muhim ekanligini hamma yaxshi tushunib turibdi. Ser Bobbi Charlton, so‘zsiz, biz barchamiz uchun eng yaxshi na’munadir.

 «Everton»ga qarshi kechgan uchrashuv oddiy bo‘lmadi, qiziqarli kechdi, men o‘ylashimcha biz o‘z xarakatlarimiz bilan g‘alabaga loyiq edik. Bundan tashqari ushbu uch ochkoni biz ser Bobbga bag‘ishlagan bo‘lardim! Biz o‘yinni o‘z rejamiz asosida olib bordik va ikkinchi bo‘limda matonat ko‘rsatdik. Men o‘ylashimcha, tanaffusdan so‘ng biz yaxshi o‘ynadik, va raqib darvozasi oldida ko‘plab xavfli vaziyatlarni vujudga keltirdik. Biz gol urdik, meni yana xursand qiladigani uni yuzaga keltirishda ishtirok etganim bo‘ldi. Men bilan birga o‘sha vaziyatda uch futbolchi: Reshford, Fosu-Mensa va Marsyalishtirok etdi. Bu xaqiqiy misol bo‘ldiki: yoshlar bizlarning xaqiqiy bugun va mkelajagimiz,ular endilikda yuqori darajada to‘p surish uchun doim shaylar. Jamoa akademiyasi o‘z xarakatlari samarasini ko‘rish uchun yaxshi ishlar olib borishmoqda.

Shanba kuni esa futbol muhlislari «El Klassiko»ga guvoh bo‘lishdi. «Barselona»da ajoyib g‘alabali seriya bor edi,lekin«Real Madrid» ushbu o‘yinda g‘alaba qozondi, va o‘z muhlislariga katta quvonch hozirladi. Ular jamoaga bir tarafdan qarash kerak emasligini isbotlashdi. Bu ular tarixining bir qismi hisoblanadi. Bu natija Chempionlar Ligasi 1/4finalidorasidagi «Barsa» va «Atletiko» o‘rtasidagi to‘qnashuvning murosasiz o‘tishini ko‘rsatdi.

Endi biroz futboldan chetlashamiz. Avvalo o‘z vatandoshim Xaver Fernandesning ketma-ket ikkinchi bor figurali uchishda  Jaxon Chempioni bo‘lgani bilan tabriklayman, bu mamlakatimiz yuksalishi uchun ham o‘ziga xos yutuqdir. Shuningdek, Po Gazolni ham NBA da 10 ming ochko to‘plagani bilan tabriklayman. Ularning ikkalasi ham Ispaniyada va jahondagi bolalar va qizlar uchun ajoyib na’munadir.

Barchangizni quchib va sizlarga yoqimlihafta tilab qolaman,
Xuan.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.