Mualliflik bloglari

TANAFUSGA AJOYIB NATIJA BILAN

Blog Xuan Mata

Hammaga salom.

Bugun men xursandman. Bir necha soatlar avval muhim g‘alabaga erishdik. Bu uch ochko biz uchun juda muhim. Manchester derbisi doim bizlar uchun taqvimda qizil bilan belgilangan. Raqib maydonida g‘alaba qozonish doim yoqimli bo‘ladi. Shu bilan birga bu «Manchester Yunayted» ning milonlab muhlislariga quvoch olib kelsa.

Uchrashuv qizg‘ig kechdi va biz g‘alba qozonish uchun eng qulay vaziyatimizdan foydalanishga ega bo‘ldik. O‘ylashimcha, ushbu uchrashuvda jamoamiz tarkibida tajribali futbolchilarning maydonga tushgani bizga yordam berdi.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi, Markus esa yana bir bor qulay imkoniyatdan foydalana olishini ko‘rsatib qo‘ydi, u kelajakda albatta buyuk futbolchi bo‘lib yetishadi. Biz barchamiz unga ishonamiz, u hali juda yosh, asosiy jamoaga endi endi qo‘shilmoqda.

Ikkinchi bo‘limda bizda bir qator qulay vaziyattlar bo‘ldi, o‘yin so‘niga qadar «Siti» hisobni o‘zgartirish uchun xarqakat qildi. Biz ushbu to‘qnashuvni o‘z foydamizga hal etdik va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik, endi terma jamoa o‘yinlariga bemalol yaxshi kayfitda bora olamiz. Men o‘ylashimcha, barchada ajoyib vaziyatlardan rohatlanish huquqi bor.

Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi uchrashuvini unitishni istamayman, bu biz uchun ushbu turnirdagi so‘ngi kun bo‘ldi. To‘g‘risini aytganda, maksimum natijaga erishib  kambek qila olamiz deya o‘ylagan edim. Tanaffus arafida kiritilgan gol barchasini qiyinlashtirib yubordi. Bu achinarli, lekin endi xech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yaxshisi faqat oldinga intilish, barcha uchrashuvlarda maksimal natijalarni qayd etish. Ushbu uch ochko bizga Chempionlar Ligasida ishtirok etish uchun beradigan yo‘llanma uchun ko‘rashda davom etishimizni ta’minladi.

Ushbu dushanba kuni Madridda Ispaniya terma jamoasi tarkibiga borib qo‘shilaman, bir necha kunlik mashg‘ulotlardan so‘ng Italiiya va Ruminiyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Ikkalasi ham yaxshi jamoalar, va biz barchamiz bu o‘yinlarga jiddiy qaraymiz. Bu biz uchun Yevro musobqasidan oldingi muhim o‘yinlar, 2012 yilda g‘alaba qozonganimizdek, ikkala bahs ham juda muhim.

 «Vilyarreal» va «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni ko‘ra olmadim, lekin o‘yin haqida o‘qib chiqdim, uchrashuv juda qiziqarli kechgan. «Vilyarreal» uchun ushbu mavsum ajoyib o‘tmoqda deya bemalol aytish mumkin. Ushbu jamoa Yevropa Ligasida g‘alaba qozonish uchun favoritlardan biri deya hisoblayman, ispan jamoalar doimo ushbu turnirda yaxshi ishtirok etishadi.

Kelsi dushanbada Ispaniya terma jamoasi bilan bo‘lgan vaqtlarim xaqida aytib beraman, tarkibdagi bir qator futbolchilar bilan biz yoshlar jamoasidan boshlab birgalikda to‘p surganmiz. Qadirdon do‘stlar bilan birga g‘alaba qozonish istagi bor. Men uchun Ispaniya terma jamoasi tarkibida xar bir uchrashuvda ishtirok etish katta sharaf.

Barchangizni quchib va sizlarga yoqiml hafta tilab qolaman!

Xuan.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.