Mualliflik bloglari

FUTBOLDAN ROHATLANISH

Blog Xuan Mata

Bularni sizlarga bir haft davomida Ispaniya terma jamoasi bilan mashg‘ulot olib borgan mashg‘ulotlar bazasidan yozmoqdaman. Boshqa terma jamoalar uchrashuvlarini dushanba kuni o‘tkazishsa, biz esa rejalashtirilgan ikkala uchrashuvni ham o‘tkazib oldik.

Dastlab o‘tgan payshana kuni Udineda Italiya terma jamoasi mehmoni bo‘ldik. Uchashuv boshidan qiyin kechishi aniq edi. Ular ko‘p marotaba pressingni amlaga oshirib maydon markazini egallab olishga intilishdi va jirma maydoni yaqinidan erik xarakat qilishimizga monelik ko‘rsatishdi. Lekin biz kurashishda davom etdik va yakunda durang qayd etildi. Ayrim vaziyatlarda ular bizlardan ustun xarakat qilishga intilishdi, lekin biz yaxshi himoyalan oldik (ayniqsa Davidning xarakatlarini ta’kidlab o‘tish kerak!) va biz bir vaziyatda unumli foydalandik. Italiya terma jamoasi, xavfli raqib ekanligini isbotladi. Aslida ular Yevropaning eng kuchli ikkinchi jamoasi va juda murakkab raqib...

Yakshanba kuni esa Klujda Rumыniya terma jamoasi bilan bellashdik. Albatta, ularning tarkibi italiyaliklar kabi unchalik mashhur emas lekin bekorga Yevro-2016 ga yo‘llanma olmaganliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Biz stadiondagi ajoyib muhitdan rohatlandik. Va yakunda uchrashuv 0–0 yakunlandi.

Umuman olganda, haftalik mashg‘ulotlar ajoyib o‘tdi. Men jamoadoshlarim bilan Ispaniya terma jamoasidagi o‘tkazgan vaqtan rohat oldim, ularning ayrimlari bilan 18 yosh terma jamoasida ham birgalikda to‘p surganmiz. Men bilmayman, kim buni qanchalik bilishini, misol uchun Ispaniya 19 yoshlilar terma jamoasi Yevropa Chempionatida g‘alaba qozongan, ular qatorida Jerar Pike ham bor edi va o‘shv vaqtdagi bir qator futbolchilar esa hozirda terma jamoa tarkibida emas.

Ertadan boshlab yana e’tiborim Premer-Ligaga qartiladi. Kelayotgan yakshanba kuni «Everton» jamoasiga qarshi maydonga tushamiz va terma jamoalar yig‘inidan oldin «Siti» ga qarshi o‘tgan muhim uchrashuv kabi uch ochko olishni istaymiz.

Yoxan Kruiff vafoti xaqidagi xabarni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. So‘ngi vaqtlarda ko‘p bora u haqida gapirilayotgan edi. Shuni qo‘shimcha qilishim mumkinki, u futbol ideologiyasining otasi, men uning o‘yinini takrorlashni istaydigan futbolchilardan biri. Uning iqtidori, aql bilan to‘pni boshqarishi va maydondagi xarakati, jismoniy tomondan va jamoaviy o‘yini unga qoil qolmasdan iloji yo‘q edi. Men shunday deb o‘ylaymanki, uning xujumkor futbol ideyasi va o‘yindagi afzalliklari xuddi o‘g‘li Yordi to‘p surgan «Manchester Yunayted» ning falsafasiga juda o‘xshash. Bu juda katta yo‘qotish, lekin biz uning merosini doim xurmat qilamiz. «U doim tirik».

Barchangizni quchib va sizlarga yoqimli hafta tilab qolaman,
Xuan.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.