Mualliflik bloglari

APL: 2-TUR STATISTIKASI VA NATIJALARI

Blog sports.uz

Angliya premer ligasining 2-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda kutilmagan va sensatsion natijalar qayd etildi, deyish mumkin. To‘g‘ri-da, «Liverpul»ning debyutant jamoadan mag‘lub bo‘lishini ko‘pchilik kutmagandi. «Xall Siti» esa o‘tgan turdagi natija tasodifan emasligini yana bir karra isbotladi.

«Ibrakadabra» jodusini boshladi

Joze Mourino boshchiligidagi «Manchester Yunayted» jamoasi «Old Trafford»da «Sautgempton» klubini qabul qildi va ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi. Aytish kerakki, jamoa o‘yinida jonlanish va o‘ziga xoslik kuzatilmoqda.

19 avgust. Manchester. «Old Trafford» stadioni. 75326 tomoshabin.

Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).

«Manchester Yunayted» – «Sautgempton» - 2:0 (1:0)

Gollar: Ibrohimovich, 36 (1:0). Ibrohimovich, 52 - penaltidan (2:0).

Aguero va Nolitodan dubl

Manchester shahrining ikkinchi jamoasi «Stok Siti» mehmon bo‘ldi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi. Serxio Aguero va Nolito o‘z hisoblariga dubl yozib qo‘yishdi. Bu Gvardiolaning birinchi yirik hisobdagi g‘alabasi hisoblanadi.

20 avgust. Stok-on-Trente. «Britannia» stadioni. 27455 tomoshabin.

Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).

«Stok Siti» – «Manchester Siti» - 1:4 (0:2)

Gollar: Aguero, 27 - penaltidan (0:1). Aguero, 36 (0:2). Krkich, 49 (1:2). Nolito, 86 (1:3). Nolito, 90+5 (1:4).

«Liverpul» o‘ziga kelmoqda(mi?)

Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» jamoasi debyutant jamoa «Bernli» mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda yutqazib qo‘ydi. Mersisaydliklar har qancha urinishmasin, mezbonlar himoyasini yorib o‘tishga yo‘l topa olmadilar.

20 avgust. Bernli. «Terf Mur» stadioni. 21313 tomoshabin.

Bosh hakam: Li Meyson (Bolton).

«Bernli» – «Liverpul» - 2:0 (2:0)

Gollar: Vouks, 2 (1:0). Grey, 37 (2:0).

«Ov»ni sog‘ingan «yo‘lbarslar»

Bu yilga mavsumda amaldagi chempionni mag‘lub etib, og‘izga tushgan «Xall Siti» jamoasi ushbu g‘alabasi tasodifiy emasligini 2-turda ham isbotladi. «Yo‘lbarslar» mehmonda «Suonsi»ni yutishdi. Keyingi turda ko‘ramiz, har holda Mourinodan ochko olish osonmasdir.

20 avgust. Suonsi. «Liberti» stadioni. 20024 tomoshabin.

Bosh hakam: Styuart Atvell (Nunaton).

«Suonsi» – «Xall Siti» - 0:2 (0:0)

Gollar: Meloni, 79 (0:1). Ernandes, 90+2 (0:2).

«Chelsi»dan ajoyib kambek

Londonning «Chelsi» jamoasi «Uotford» mehmoni bo‘ldi va mag‘lubiyatga uchrashiga bir bahya qoldi. Ikkinchi taymning so‘nggi dekadasida 2ta gol kiritib, Konte shogirdlari g‘alabani ilib ketishdi.

20 avgust. Uotford. «Vikarij Roud» stadioni. 20772 tomshabin.

Bosh hakam: Maykl Jons (Chester).

«Uotford» – «Chelsi» - 1:2 (0:0)

Gollar: Kapu, 56 (1:0). Batshuayi, 80 (1:1). Diego Kosta, 87 (1:2).

Markaziy o‘yinda murosali natija

Amaldagi chempion «Lester» jamoasi o‘z uyida amaldagi vitse-chempion «Arsenal»ni qabul qildi va durang natijani qayd etdi. O‘tgan turda yutqazgan ikki jabrdiyda jamoa o‘zaro kelishib, darvozalarga gol kiritmaslikka ahd qilishdi chog‘i.

20 avgust. Lester. «King Pauer» stadioni. 32008 tomoshabin.

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).

«Lester» – «Arsenal» - 0:0 (0:0)

Qolgan-qutganlar

20 avgust. Vest Bromvich. «Xautorns» stadioni. 23654 tomoshabin.

Bosh hakam: Nil Svarbrik (Lankashir).

«Vest Bromvich» – «Everton» - 1:2 (1:1)

Gollar: Makoli, 9 (1:0). Miralyas, 45+2 (1:1). Berri, 61 (1:2).

20 avgust. London. «Uayt Xart Leyn» stadioni. 31447 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).

«Tottenxem» – «Kristal Pelas» - 1:0 (0:0)

Gol: Vanyama, 83 (1:0).

21 avgust. Sanderlend. «Stadium of Layt» stadioni. 43515 tomoshabin.

Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).

«Sanderlend» – «Midlsbro» - 1:2 (0:2)

Gollar: Stuani, 13 (0:1). Stuani, 45 (0:2). van Anxolt, 71 (1:2).

21 avgust. London. «Olimpiyskiy» stadioni. 56977 tomoshabin.

Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).

«Vest Xem» – «Bornmut» - 1:0 (0:0)

Gol: Antonio, 85 (1:0).

Tur jazolari: rangli kartochkalar

2-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga jami 34 marta sariq, 1 marta qizil kartochka ko‘rsatildi.

2-tur: «eng, eng, eng...»

Eng ko‘p gol urgan futbolchilar

Zlatan Ibrohimovich – 2ta «MYu» – «Sautgempton»

Serxio Aguero – 2ta «Stok Siti» – «MS»

Eng ko‘p tomoshabin

«Old Trafford» stadioni — 75326 tomoshabin

Eng kam tomoshabin

«Liberti» stadioni — 20024 tomoshabin

Golurarlar

2ta

Serxio Aguero «Manchester Siti»

Zlatan Ibrohimovich «Manchester Yunayted»

Kristian Stuani «Midlsbro»

Eten Kapu «Uotford»

Filippe Koutino «Liverpul»

Nolito «Manchester Siti»

Diego Kosta «Chelsi»

2-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)

Tom Xiton «Bernli» - Antonio Valensiya «Manchester Yunayted», Kyortis Deyvis «Xall Siti», Nikolas Otamendi «Manchester Siti», Patrik van Anxolt «Sanderlend» - Kristian Stuani «Midlsbro», Viktor Vanyama «Tottenxem», Nolito «Manchester Siti» - Andre Grey «Bernli», Zlatan Ibrohimovich «Manchester Yunayted», 2), Serxio Aguero «Manchester Siti».

2-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

2-turning eng yaxshi futbolchisi «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda bu futbolchi chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga, dubl ham qayd etdi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.