Mualliflik bloglari

APL: 1-TUR STATISTIKASI VA NATIJALARI

Blog Telegraf.uz

Nihoyat, kechagina yakunlangan Angliya chempionatining yangi mavsumiga ham start berildi. Bu galgi mavsum har doimgidan-da ko‘proq qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Chunki eng kuchli mutaxassislar va futbolchilar yig‘ildi. Qolaversa, axir bu Angliya!

Mana, 1-turning o‘zidayoq kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi. Kim ham o‘ylabdi deysiz, amaldagi chempionning debyutant jamoaga yutqazib qo‘yishini. Ushbu turda hamma narsa bo‘ldi: penalti ham, urilmagan penalti ham, qizil kartochka ham, sensatsiya va antirekord ham.

Bugun ana shu o‘yinlar haqida suhbatlashamiz, statistikalashamiz.

Amaldagi chempionning «qoqilishi»

Angliya chempioni «Lester» jamoasining birinchi turdayoq mag‘lubiyatga uchrashini, tag‘in debyutantdan yutqazishini ko‘pchilik kutmagan bo‘lsa kerak. Lekin bu fakt, Raneri janoblariga ushbu mavsumda endi ancha qiyin bo‘ladi.

13 avgust. Kingston-apon-Xall. «Key Si» stadioni. 20137 tomoshabin.

Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).

«Xall Siti» – «Lester» - 2:1 (1:0)

Gollar: Diomande, 45+1 (1:0). Maxrez, 47 - penaltidan (1:1). Snodgrass, 57 (2:1).

Londonda gollar «yomg‘iri»

Turning markaziy uchrashuvida «Arsenal» o‘z uyida «Liverpul»ni qabul qildi va dramatik tarzda kechgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Yurgen Klopning «quturgan» jamoasi londonliklarga deyarli imkoniyat qoldirmadi, ammo Venger shogirdlari ham bo‘sh kelmadi.

14 avgust. London. «Emireyts» stadioni. 60033 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).

«Arsenal» – «Liverpul» - 3:4 (1:1)

Gollar: Uolkott, 31 (1:0). Koutino, 45+1 (1:1). Lallana, 49 (1:2). Koutino, 56 (1:3). Mane, 63 (1:4). Chemberlen, 65 (2:4). Chambers, 75 (3:4).

Urilmagan penalti: Uolkott, 30 (darvozabon).

Mourinodan omadli debyut

Joze Mourino boshchiligidagi «Manchester Yunayted» jamoasi startni omadli boshladi. Ular «Bornmut»ni mehmonda mag‘lubiyatga uchratishdi. Gollarni esa Mour ishonch bildirayotgan Mata, shuningdek, Runi va Ibra kiritdi.

14 avgust. Bornmut. «Vitaliti Stedium» stadioni. 11355 tomoshabin.

Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).

«Bornmut» – «Manchester Yunayted» - 1:3 (0:1)

Gollar: Mata, 40 (0:1). Runi, 59 (0:2). Ibrohimovich, 64 (0:3). Smit, 69 (1:3).

Makneyrdan Gvardiolaga sovg‘a

Xosep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» jamoasi o‘z uyida «Sanderlend»ni qabul qildi va arang g‘alaba qozondi. Aytish kerakki, «shaharliklar» startni qiyin boshlashdi. Agar Makneyr o‘z darvozasiga gol kiritmaganda Pep o‘z uyida ochko yo‘qotardi.

13 avgust. Manchester. «Ittixod» stadioni. 54362 tomoshabin.

Bosh hakam: Robert Medli (Yorkshir).

«Manchester Siti» – «Sanderlend» - 2:1 (1:0)

Gollar: Aguero, 4 - penaltidan (1:0). Defo, 71 (1:1). Makneyr, 87 - avtogol (2:1).

Liverpulda jangovar durang

Turning yana bir murosasiz uchrashuvida «Everton» o‘z uyida «Tottenxem» klubini qaubl qildi. Mezbonlar tezkor gol kiritishganiga qaramay, ikkinchi bo‘limda mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Gollarni Barkli va Lamela kiritishdi.

13 avgust. Liverpul. «Gudison Park» stadioni. 34494 tomoshabin.

Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).

«Everton» – «Tottenxem» - 1:1 (1:0)

Gollar: Barkli, 5 (1:0). Lamela, 59 (1:1).

Diego Kosta — xaloskor

Antonio Konte boshchiligidagi «Chelsi» jamoasi o‘z uyida hamshaharlari «Vest Xem»ni qabul qildi va g‘alaba qozondi. Aytish kerakki, London derbisi oson kechmadi. Agar Kosta janoblari so‘nggi daqiqalarda gol kiritmaganida durang bo‘lishi aniq edi.

15 avgust. London. «Stemford Brij» stadioni.

Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).

«Chelsi» – «Vest Xem» - 2:1 (0:0)

Gollar: Azar, 47 - penaltidan (1:0). Kollinz, 77 (1:1). Diego Kosta, 89 (2:1).

Qolgan-qutganlar

13 avgust. Bernli. «Terf Mur» stadioni. 19126 tomoshabin.

Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).

«Bernli» – «Suonsi» - 0:1 (0:0)

Gol: Fer, 82 (0:1).

13 avgust. London. «Loftus Roud» stadioni. 24490 tomoshabin.

Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).

«Kristal Pelas» – «Vest Bromvich» - 0:1 (0:0)

Gol: Rondon, 75 (0:1).

13 avgust. Midlsbro. «Riversayd» stadioni. 32110 tomoshabin.

Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).

«Midlsbro» – «Stok Siti» - 1:1 (1:0)

Gollar: Negredo, 11 (1:0). Shaqiri, 68 (1:1).

13 avgust. Sautgempton. «Sent-Meris» stadioni. 31488 tomoshabin.

Bosh hakam: Rojer Ist (Uiltshir).

«Sautgempton» – «Uotford» - 1:1 (0:1)

Gollar: Kapu, 9 (0:1). Redmond, 58 (1:1).

Tur jazolari: rangli kartochkalar

1-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga jami 40 marta sariq, 1 marta qizil kartochka ko‘rsatildi.

1-tur: «eng, eng, eng...»

Antirekord

Angliya premer ligasi paydo bo‘libdiki, amaldagi chempion dastlabki turda raqibiga imkoniyatni boy bermagan edi. O‘tgan mavsumda rekord qo‘yib tashlagan «Lester» bu antirekordni ham begona qilmadi.

Eng ko‘p gol urgan futbolchi

Felipe Koutino – 2ta «Arsenal» – «Liverpul»

Eng ko‘p tomoshabin

«Emireyts» stadioni — 60033 tomoshabin

Eng kam tomoshabin

«Vitaliti Stedium» stadioni — 11355 tomoshabin

Golurarlar

2ta

Filippe Koutino «Liverpul»

1ta

Alvaro Negredo «Midlsbro»

Adam Smit «Bornmut»

Eten Kapu «Uotford»

Riyoz Maxrez «Lester»

Adama Diomande «Xall Siti»

Robert Snodgrass «Xall Siti»

Netan Redmond «Sautgempton»

Leroy Fer «Suonsi»

Salomon Rondon «Vest Bromvich»

Jeyms Kollinz «Vest Xem»

Jermeyn Defo «Sanderlend»

Jerdan Shakiri «Stok Siti»

Ross Barkli «Everton»

Adam Lallana «Liverpul»

Sadio Mane «Liverpul»

Serxio Aguero «Manchester Siti», 1)

Erik Lamela «Tottenxem»

Aleks Chemberlen «Arsenal»

Teo Uolkott «Arsenal»

Kalum Chambers «Arsenal»

Xuan Mata «Manchester Yunayted»

Ueyn Runi «Manchester Yunayted»

Zlatan Ibrohimovich «Manchester Yunayted»

Eden Azar «Chelsi»

Diego Kosta «Chelsi»

Avtogolurarlar

Patrik Makneyr «Sanderlend»

1-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)

Simon Minole «Liverpul» - Kayl Uoker «Tottenxem», «Erik Bertran Bayi «Manchester Yunayted», Jeyms Kollinz «Vest Xem», Sesar Aspilikueta «Chelsi» - Robert Snodgrass «Xall Siti», Leroy Fer «Suonsi», Felipe Koutino «Liverpul», Xuan Mata «Manchester Yunayted» - Salomon Rondon «Vest Bromvich», Zlatan Ibrohimovich «Manchester Yunayted».

1-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

1-turning eng yaxshi futbolchisi «Liverpul» hujumkor yarim himoyachisi Felipe Koutino bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda bu futbolchi chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga, dubl ham qayd etdi.

+1 1 0
1798
Бошқа блогпостлар
Mulohozalar
    Mulohoza qoldirish uchun ro‘yxatdan o‘ting