Mualliflik bloglari

APL: 3-tur statistikasi va natijalari 16/17

Blog sports.uz

Angliya premer ligasining 3-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda kutilmagan va sensatsion natijalar qayd etildi, deyish mumkin.

«Liverpul» bu safar «Tottenxem» bilan durang o‘ynadi. Hozirgacha ochko yo‘qotmagan jamoalar — «Manchester Siti», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» bo‘lib turibdi. Shuningdek, bu tur penaltilarga ham bag‘ishlandi.

Pochettino va Klopning tinchlik sulhi

Londonning «Tottenxem» jamoasi o‘z uyida «Liverpul»ni qabul qildi va durang qayd etishdi. Ushbu mavsum har ikki jamoa uchun ham omadsiz boshlandi, deyish mumkin. Lekin hali oldinda o‘yinlar ko‘p, kurashni bemalol davom ettirish mumkin.

27 avgust. London. «Uayt Xart Leyn» stadioni. 31211 tomoshabin.

Bosh hakam: Robert Medli (Yorkshir).

«Tottenxem» – «Liverpul» - 1:1 (0:1)

Gollar: Milner, 43 - penaltidan (0:1). Rouz, 72 (1:1).

«Shaharliklar» hozircha peshqadam

Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» jamoasi ancha noqulay hisoblangan «Vest Xem»ni qabul qildi va g‘alabaga erishdi. Aytish kerakki, Rahim Sterling bu o‘yinda dubl qayd etdi. Aguero esa gol urolmadi.

28 avgust. Manchester. «Ittixod» stadioni. 54008 tomoshabin.

Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).

«Manchester Siti» – «Vest Xem» - 3:1 (2:0)

Gollar: Sterling, 7 (1:0). Fernandino, 18 (2:0). Antonio, 58 (2:1). Sterling, 90+2 (3:1).

«Lester» nihoyat o‘ziga keldi

Amaldagi chempion jamoa «Lester» o‘z uyida «Suonsi» klubini qabul qildi va g‘alaba qozondi. Bu uning mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘lib, «tulkilar» endi qattiq ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi. Oldinda hali juda ko‘p va og‘ir o‘yinlar kutib turibdi.

27 avgust. Lester. «King Pauer» stadioni. 31727 tomoshabin.

Bosh hakam: Rojer Ist (Uiltshir).

«Lester» – «Suonsi» - 2:1 (1:0)

Gollar: Vardi, 32 (1:0). Morgan, 52 (2:0). Fer, 80 (2:1).

Urilmagan penalti: Maxrez, 56 (darvozabon).

«Arsenal»dan ham g‘alaba

Uotford shahrida mehmon bo‘lgan «to‘pchilar» mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonlashdi. Bunda, albatta, Aleksis Sanchesning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. U shu kuni juda yaxshi harakat qildi.

27 avgust. Uotford. «Vikarij Roud» stadioni. 20545 tomoshabin.

Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).

«Uotford» – «Arsenal» - 1:3 (0:3)

Gollar: Kasorla, 9 - penaltidan (0:1). Sanches, 40 (0:2). O‘zil, 45+1 (0:3). Pereyra, 57 (1:3).

«Chelsi»dan yirik hisob

Londonning «Chelsi» jamoasi ishonchli tarzda g‘alabalar qozonishda davom etmoqda. Hozircha Konte shogirdlari ochko yo‘qotishmadi. Debyutant jamoa «Bernli»ga qarshi uchrashuvda ham yirik hisobda muvaffaqiyatga erishishdi.

27 avgust. London. «Stemford Brij» stadioni. 41607 tomoshabin.

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).

«Chelsi» – «Bernli» - 3:0 (2:0)

Gollar: Azar, 9 (1:0). Villian, 41 (2:0). Mozes, 89 (3:0).

«Yo‘lbarslar»ni bo‘ysundirgan «iblis»

Ikki turdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan debyutant «Xall Siti» jamoasi o‘z uyida «Manchester Yunayted»ga ham yaxshigina qarshilik ko‘rsatdi. «Qizil iblislar»ga «yo‘lbarslar»ni bo‘ysundirish ancha qiyin kechdi, ammo so‘nggi daqiqalarda Markus Reshford Mourino joniga ora kirdi.

27 avgust. Kingston-apon-Xall. «Key Si» stadioni. 24560 tomoshabin.

Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).

«Xall Siti» – «Manchester Yunayted» - 0:1 (0:0)

Gol: Reshford, 90+2 (0:1).

Qolgan-qutganlar

27 avgust. Sautgempton. «Sent-Meris» stadioni. 30152 tomoshabin.

Bosh hakam: Li Meyson (Bolton).

«Sautgempton» – «Sanderlend» - 1:1 (0:0)

Gollar: Defo, 79 - penaltidan (0:1). Rodriges, 86 (1:1).

27 avgust. Liverpul. «Gudison Park» stadioni. 39581 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).

«Everton» – «Stok Siti» - 1:0 (0:0)

Gol: Beyns, 51 - penaltidan (1:0).

27 avgust. London. «Selxerst Park» stadioni. 23503 tomoshabin.

Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).

«Kristal Pelas» – «Bornmut» - 1:1 (0:1)

Gollar: King, 11 (0:1). Dann, 90+4 (1:1).

Urilmagan penalti: Kabay, 16 (darvozabon).

28 avgust. Vest Bromvich. «Xautorns» stadioni. 23690 tomoshabin.

Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).

«Vest Bromvich» – «Midlsbro» - 0:0 (0:0)

Tur jazolari: rangli kartochkalar

3-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga jami 46 marta sariq kartochka ko‘rsatildi.

3-tur: «eng, eng, eng...»

Eng ko‘p gol urgan futbolchi

Rahim Sterling – 2ta («MS» – «Vest Xem»)

Eng ko‘p tomoshabin

«Ittixod» stadioni — 54008 tomoshabin

Eng kam tomoshabin

«Vikarij Roud» stadioni — 20545 tomoshabin

3-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)

Shey Given («Stok Siti») - Meyson Xolgeyt («Everton»), Kyortis Deyvis («Xall Siti», 2), Uesli Morgan («Lester»), Denni Rouz («Tottenxem») - Fernandino («Manchester Siti»), Denni Drinkuoter («Lester») - Rahim Sterling («Manchester Siti»), Eden Azar («Chelsi») – Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Aleksis Sanches («Arsenal»).

3-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

3-turning eng yaxshi futbolchisi «Manchester Siti» hujumchisi Rahim Sterling bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda bu futbolchi chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga, dubl ham qayd etdi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.