O‘tgan hafta «MYu» klubi 2015|2016 yill`ar mavsumining moliyaviy yakunlarini e’lon qildi. Natijalar o‘ta talabchan mutaxassislar kutganidan ham yaxshiroq bo‘ldi.
O‘tgan mavsumning 3-choragidan keyin jamoa mutasaddilari 500-510 mln. funt atrofidagi umumiy daromadga umid qilishgandi.
Barcha xarajatlar chegirib tashlanganidan keyin qolgan sof foyda (EBITDA) esa 178-188 mln. funt miqdorida beglilangandi.
Moliyaviy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari:
2015 |
2016 |
O‘sish |
|
Tushum |
395 |
515 |
+30% |
Barcha operatsion xarajatlar |
387 |
437 |
+13% |
Futbolchilar sotuvidan olingan daromad |
24 |
-10 |
- |
Faoliyatdan olingan to‘liq foyda (EBIT) |
32 |
69 |
+116% |
Yakuniy foyda |
-1 |
36 |
- |
Chegirmalardan keyingi sof foyda (EBITDA) |
120 |
192 |
+60% |
Klubning sof qarzi |
255 |
261 |
2% |
Ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratsak, umumiy tushum rejalashtirilganidan (500-510) 5 mln. funtga (515), EBITDA ko‘rsatkichi esa 4 mln. funtga (178-188 o‘rniga 192) ko‘proq bo‘ldi.
Ayniqsa, yakuniy foydaning (2015 yilda - 1, 2016 yilda - 36) ijobiy tomonga o‘zgargani diqqatga sazovor. Vaholanki, jamoa bir qator sezilarli xarajatlarni amalga oshirgandi. Xullas, joriy hisobot davridagi daromad 30 foizga o‘sib, 515,3 mln.ni tashkil etdi. Juda ajoyib natija!
Boz ustiga, 2016/2017 yillar mavsumida bu ko‘rsatkich 530-540 mln.ga ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. E’tiborlisi, «MYu» hozircha YeChLda ishtirok etmayapti. 2016 yilning o‘zidagi tushum 36 foizga oshib, 268 mln.ga yetadi.
TVdan tushadigan daromad esa 140,4 mln.ga yetadi. Uchrashuvlarni o‘tkazish tushumi ham 17,7 foizga ortib, 106,6 mln.ga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, riteyl, merchandayzing va litsenziyalar evaziga yana 97,3 mln. daromad olinadi. Ya’ni avvalgi mavsumga nisbatan uch baravar ko‘p. Bunday o‘sishga jamoa Adidas bilan tuzgan shartnomasi tufayli erishdi.
To‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun nomdor firma bilan imzolangan kelishuvni boshdan-oyoq ko‘rib chiqish kerak. Qisqasi, «MYu» uch tomondan manfaat oladigan bo‘ldi.
Birinchidan, Adidas katta miqdorda homiylik badali to‘laydi.
Ikkinchidan, «MYu» o‘z mahsulotlari sotuvidan tushgan daromadga ham sherik bo‘ladi.
Uchinchidan, tijorat ob’ektlarining ma’lum qismiga klub bevosita rahbarlik qiladi. TV hamda uchrashuvlarni o‘tkazish evaziga keladigan daromadlar o‘z-o‘zidan tushunarli: YeChLdagi ishtirok va uy uchrashuvlaridagi tushum daromadning o‘sib borishini ta’minlaydi.
Xullas, «MYu»ning joriy mavsumdagi daromadi 52,1 foizga o‘sdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 49,8ga teng bo‘lgan. Albatta, sarflar ham oshgan, lekin daromadga nisbatan ancha kam.
Kishini o‘ylantiradigan raqamlar ham yo‘q emas. Masalan, ish haqi xarajatlari 14,6 foizga o‘sib, 232,2 mln.ga yetdi. Lekin ana shu sarflar daromadning 45,1 foiziga teng bo‘ldi. O‘tgan yili u 51,4 foizni tashkil etgandi.
Ammo boshqa tomondan olganda, transferlar uchun ajratiladigan amortizatsiya 11,7 foizga kamaygan. Bunga Di Mariyaning sotib yuborilishi sabab bo‘ldi - jamoa mazkur kelishuv tufayli 10 mln. funtdan judo bo‘ldi. Umuman, ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘yicha klub yana 15,1 mln.dan voz kechdi - Lui van Gal uchun 8,4 mln. va uning murabbiylar shtabi uchun 6,7 mln. Vaholanki, o‘tgan yili bunday xarajatlar bor-yo‘g‘i 2,3 mln. bo‘lgandi.
Ana shu sarflar ham rekord darajadagi foydaning qayd etilishiga xalal berolmadi. Barcha operatsiyalarni o‘z ichiga olgan faoliyatdan olinadigan soy foyda (EBIT) 69 mln.ni tashkil etib, salkam 200 foizli o‘sishni ta’minladi.
Transferlar hamda doimiy bo‘lmagan xarajatlarni inobatga olgan holda hisob-kitob qilinadigan sof foyda (EBITDA) esa 59,5 foizga oshib, 192 mln.ga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha «MYu» 37 foizli o‘sishni ta’minladi. O‘tgan yilgi ko‘rsatkich 30ga teng bo‘lganini inobatga olsak, bu eng yuqori natija. Aslida, 30-35 foizli o‘sishga erishgan klubni fantastik natijalar sohibi sirasiga kiritish mumkin.
Aksariyat jamoalarda EBITDA ko‘rsatkichi 20-25 foiz atrofida bo‘ladi. Masalan, Dortmundning «Borussiya»si atigi 7 foiz o‘sishga erishgan. Futbolchilarning sotuvidan tushgan daromad ham qo‘shib hisoblanganida nemischa uslubda ham ushbu ko‘rsatkich nari borsa, 23 foizni tashkil etadi. Bu borada «Yunayted» barcha jamoalardan ilgarilab ketib, 186 mln. sof foydaga ega chiqdi. Ana shu mablag‘ evaziga futbolchilar xaridi uchun 138 ml.ni hech ikkilanmay sanab berdi.
Mxitaryan, Pogba va boshqa o‘yinchilar shu tariqa «qizil iblislar» safidan joy olishdi.
Boshqa qiziqarli ko‘rsatkichlarga kelsak, klubning moliyaviy xarajatlari atigi 20 mln.ga qisqardi. Agarda u 15,2 mln.ga teng bo‘lganida bu bilan g‘azna boyib qolmasdi.
Aynan vaziyatlarga «Yaratganning o‘zi bergandi, o‘zi qaytarib oldi» hikmati juda mos tushadi.
Darvoqe, hozirda klubning umumiy qarzi 261 mln.ni tashkil etmoqda. Bunga funt kursining pasayib ketishi ham sabab bo‘ldi. Aslida, qarz dollar kursida hisoblanadi, hisob-kitoblar esa funtda olib boriladi. Umuman olganda, «MYu»dagi moliyaviy holat havas qilgudek darajada.
Hamma gap jamoaning chempionatdagi ishtirokiga bog‘liq. Qani ko‘raylik-chi, anchadan buyon sovrinlardan benasib qolayotgan jamoa daromadga yarasha buromadni qayd eta olarmikan?
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.