Mualliflik bloglari

APL: 4-tur statistikasi va natijalari 16/17

Blog sports.uz

Angliya premer ligasining 4-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator markaziy o‘yinlarni ham kuzatdik. Masalan, Manchester derbisi yoxud Mourino va Gvardiola to‘qnashuvida bu safar «shaharliklar»ning qo‘li baland keldi.

«Liverpul» esa amaldagi chempion «Lester» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Chelsi» safarda durang qayd etdi va dastlabki ochkosini yo‘qotdi. «Everton» esa peshqadamlar safiga qo‘shilib oldi.

Mourinho 0-1 Guardiola

«Orzular teatri»da bo‘lib o‘tgan Manchester derbisida muxlislar shiddatli o‘yinning guvohiga aylanishdi. Lekin Pep Gvardiolaning hujumkor tarkibi va syurprizlari Mourinooga uning o‘zi kutganidek zarba bo‘ldi. Hozircha murabbiylar hisobi Gvardiola foydasiga hal etildi.

10 sentyabr. Manchester. «Old Trafford» stadioni. 75272 tomoshabin.

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).

«Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» - 1:2 (1:2)

Gollar: de Bryuyne, 15 (0:1). Ixeanacho, 36 (0:2). Ibrohimovich, 42 (1:2).

«Arsenal» galdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi

Londonning «Arsenal» jamoasi o‘z uyida «Sautgempton»ni qabul qildi va qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Qizig‘i, o‘yindagi barcha gollarni «to‘pchilar» kiritdi. Hatto Chex ham avtogol bilan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

10 sentyabr. London. «Emireyts» stadioni. 59962 tomoshabin.

Bosh hakam: Robert Medli (Yorkshir).

«Arsenal» – «Sautgempton» - 2:1 (1:1)

Gollar: Chex, 18 - avtogol (0:1). Koselni, 29 (1:1). Santi Kasorla, 90+4 - penaltidan (2:1).

«Tottenxem» sergol g‘alabalarini davom ettirmoqda

«Tottenxem» jamoasi mehmonda «Stok Siti» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Aytish kerakki, londonliklar ko‘p gol urish an’anasini yana davom ettirishmoqda. Bu gal Son Xin Min o‘z hisobiga dubl yozdirib qo‘ydi.

10 sentyabr. Stok-on-Trente. «Britannia» stadioni. 27385 tomoshabin.

Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).

«Stok Siti» – «Tottenxem» - 0:4 (0:1)

Gollar: Son Xin Min, 41 (0:1). Son Xin Min, 56 (0:2). Alli, 60 (0:3). Keyn, 70 (0:4).

Chempion tor-mor keltirildi

«Liverpul» jamoasi o‘z uyida amaldagi chempion «Lester»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Har ikki jamoa ham mavsumni aytarli yaxshi boshlamagan edi. Lekin ushbu o‘yinda mersisaydliklar ancha hujumkor o‘yin namoyish qilib, haqli ravishda g‘alabaga erishishdi.

10 sentyabr. Liverpul. «Enfild» stadioni. 51232 tomoshabin.

Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).

«Liverpul» – «Lester» - 4:1 (2:1)

Gollar: Firmino, 13 (1:0). Mane, 31 (2:0). Vardi, 38 (2:1). Lallana, 56 (3:1). Firmino, 89 (4:1).

«Chelsi» ochko yo‘qotdi

Londonning «Chelsi» jamoasi safarda «Suonsi» mehmoni bo‘ldi va mavsumda ilk marta ochko yo‘qotdi. Mag‘lubiyatga uchrayotgan paytda Kosta ikkinchi golini kiritib, «aristokratlar»ga bir ochko taqdim etdi.

11 sentyabr. Suonsi. «Liberti» stadioni. 20865 tomoshabin.

Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).

«Suonsi» – «Chelsi» - 2:2 (0:1)

Gollar: Diego Kosta, 18 (0:1). Sigurdsson, 59 - penaltidan (1:1). Fer, 62 (2:1). Diego Kosta, 81 (2:2).

Lukakudan 3ta gol va «Everton» 3-o‘rinda

«Everton» jamoasi hozircha ishonchli o‘yin namoyish etmoqda. Kechagi muvaffaqiyatli yurishdan keyin ular musobaqa jadvalining 3-pog‘onasiga chiqib olishdi. «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda Lukakuning xet-trigi jamoaga yirik hisobli g‘alabani taqdim qildi.

12 sentyabr. Sanderlend. «Stadium of Layt» stadioni. 42406 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Jons (Chester).

«Sanderlend» – «Everton» - 0:3 (0:0)

Gollar: Lukaku, 60 (0:1). Lukaku, 68 (0:2). Lukaku, 71 (0:3).

Qolgan-qutganlar

10 sentyabr. Bernli. «Terf Mur» stadioni. 18803 tomoshabin.

Bosh hakam: Pol Tirni (Lankashir).

«Bernli» – «Xall Siti» - 1:1 (0:0)

Gollar: Defur, 72 (1:0). Snodgrass, 90+5 (1:1).

10 sentyabr. Bornmut. «Vitaliti Stedium» stadioni. 11184 tomoshabin.

Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).

«Bornmut» – «Vest Bromvich» - 1:0 (0:0)

Gol: Uilson, 79 (1:0).

10 sentyabr. London. «Boleyn Graund» stadioni. 56974 tomoshabin.

Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).

«Vest Xem» – «Uotford» - 2:4 (2:2)

Gollar: Antonio, 5 (1:0). Antonio, 33 (2:0). Igalo, 41 (2:1). Dini, 45+2 (2:2). Kapu, 53 (2:3). Olebas, 63 (2:4).

10 sentyabr. Midlsbro. «Riversayd» stadioni. 30551 tomoshabin.

Bosh hakam: Nil Svarbrik (Lankashir).

«Midlsbro» – «Kristal Pelas» - 1:2 (1:1)

Gollar: Benteke, 16 (0:1). Ayyala, 38 (1:1). Zaxa, 48 (1:2).

Tur jazolari: rangli kartochkalar

4-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga jami 44 marta sariq kartochka ko‘rsatildi.

4-tur: «eng, eng, eng...»

Eng ko‘p gol urgan futbolchilar

Romelu Lukaku – 3ta «Everton»

Maykl Antonio – 2ta «Vest Xem»

Son Xin Min – 2ta «Tottenxem»

Roberton Firmino – 2ta «Liverpul»

Diego Kosta – 2ta «Chelsi»

Eng ko‘p tomoshabin

«Old Trafford» stadioni — 75272 tomoshabin

Eng kam tomoshabin

«Vitaliti Stedium» stadioni — 11184 tomoshabin

Golurarlar

4ta

Maykl Antonio «Vest Xem»

Zlatan Ibrohimovich «Manchester Yunayted», 1)

Diego Kosta «Chelsi»

3ta

Eten Kapu «Uotford»

Leroy Fer «Suonsi»

Romelu Lukaku «Everton»

Serxio Aguero «Manchester Siti», 2)

Avtogolurarlar

Patrik Makneyr «Sanderlend», Petr Chex «Arsenal»

4-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)

Klaudio Bravo «Manchester Siti» - Meyson Xolgeyt «Everton», 2), Nataniel Klayn «Liverpul», Ektor Belerin «Arsenal», Daniel Ayyala «Midlsbro» – Kevin de Bryuyne «Manchester Siti», 2), Jordon Ayb «Bornmut», Eten Kapu «Uotford» – Romelu Lukaku «Everton», Son Xin Min «Tottenxem», Kelechi Ixeanacho «Manchester Siti».

4-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

4-turning eng yaxshi futbolchisi «Everton» hujumchisi Romelu Lukaku bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda bu futbolchi chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga, xet-trik ham qayd etdi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.