Mualliflik bloglari

GARI NEVILLNING HAYOT AQIDALARI

Blog InterFutbol

Grants kompaniyasi «Manchester Yunayted»ning ko‘p yillik sardori, hozirda futbol mutaxassisi bo‘lgan Gari Nevillning hayot aqidalarini e’tiboringizga havola etdi.

– Hech narsa qo‘lga kiritilgan sovrin kabi jamoani birlashtirmaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirmaydi.

– «Liverpul» va uning fanatlarini ko‘rgani ko‘zim yo‘q.

– Biror kishi senga yoqmaydigan bo‘lsa, uning qo‘lini siqmay qo‘ya qol.

– «Yunayted» hech qachon taslim bo‘lmaydi va hech qachon to‘xtamaydi. Alal-oqibat, u maqsadiga erishadi.

– Agar «Real» Manchesterga uchib kelsa, butun aeroport faqat bir kishini ko‘rgani kelgan odamlarga to‘la bo‘ladi - «MYu» shahzodasi va afsonasi, «Real» qiroli va afsonasi - Krishtianu Ronalduni.

– Joze Mourino va Xosep Gvardiola - dunyodagi eng yaxshi murabbiylardir.

– Men Pol Skoulzni hech kimga alishmagan bo‘lardim. U men birga to‘p surgan futbolchilar orasida eng mohiridir.

– Chempion bo‘lishni orzu qilganlarning boshlaridagi fikr organizmlaridagi boshqa joydagi a’zolarga qaraganda muhimroqdir.

– Cho‘qqiga chiqqaningda, oldingda ikki yo‘l bo‘ladi - yo navbatdagi balandlikni zabt etish yoki pastga qulash.

– David Luis shunday o‘yin ko‘rsatdiki, uni PlayStationda 10 yashar bola nazorat qilib turganday ko‘rindi.

– Anri formadaligida shunchalik mukammal o‘yin ko‘rsatadiki, uni to‘xtatib qolishga urinish ham befoyda bo‘ladi.

– Messi - dunyodagi eng yaxshi o‘yinchi, bunga shak-shubha bo‘lmasligi lozim.

– Karrikada Pol Skoulz, Andrea Pirlo va Serxio Busketsaning xislatlari bor.

– Futbolchi o‘yinini 4 o‘lchamga qarab baholash mumkin: taktik uquvi, jismoniy konditsiyasi, texnikasi va maydonda o‘zini tutishi.

– Angliya uchun o‘ynash - amerikacha o‘yinday gap: doimo ko‘tarilish va pastlash.

– So‘nggi yillarda premer-ligada bir qiziq voqea kuzatilmoqda: ilgari juda qimmat va haddan ortiq qari deb atalgan futbolchilar, endilikda chempionlikni qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynashmoqda.

– Klubga yosh futbolchi sifatida kelganingda tushunasan: mana, sen zabt etishing shart bo‘lgan o‘sha cho‘qqi.

– Agar murabbiying yaxshi bo‘lsa, futbolda juda ham ko‘p marralarni egallashing mumkin.

– Bir yil yomon formada bo‘lish - tasodif, ikki yil esa - tendensiya.

– Bolalik orzulari ko‘pincha ushalmas bo‘lib qoladi - faqat sen «MYu»ni qo‘llab-quvvatlamasang!

– Men bir umr «Manchester Yunayted»ga muxlislik qilaman.

– Pol Skoulz: a’lo! A’lo o‘yinchi, inson, do‘st.

– Angliya termasidagi kareram haqida o‘ylagan paytlarim ham bo‘lgan: «Vaqtni behuda sarflashga ne hojat!».

– Futbol globallasha boshlaganidan keyin jamoaga qo‘shni ko‘chada o‘sgan 1-2 futbolchini olish ham o‘ta muhim bo‘lib qoldi.

– «MYu» har bir bahsda g‘olib bo‘lishi shart, doim shunday bo‘lib kelgan.

0 0 0
1207
Бошқа блогпостлар
Mulohozalar
    Mulohoza qoldirish uchun ro‘yxatdan o‘ting