Mualliflik bloglari

BIZ IKKI OCHKONI QO‘LDAN BOY BERDIK

Blog Xuan Mata

Hammaga salom.

Ushbu hafta biz uchun yuqori notada yakuniga yetmadi, o‘tgan haftada esa biz Angliya Liga Kubogida g‘olib bo‘lgan edik. Biz barchamiz «Bornmut» bilan bo‘lgan durang natijada juda afsus chekdik. «Old Trafford» da g‘olib bo‘lishimiz lozim edi. Biz yaxshi o‘yin namoyish qildik, vaziyatlar yaratdik, lekin undan foydalana olmadik. Biz ikki ochkoni qo‘ldan chiqardik. Endi faqat oldinga intilish kerak va yaqin kunlarda bizni kutib turgan kelgusi muhim o‘yinlarga hozirlik ko‘rish kerak. Doimiy aytib o‘tganimdek: bu mag‘lubiyatdan ko‘ra yaxshiroq, bir necha kunda biz tiklanib olishimiz zarur. Futbol to‘xtab turmaydi, va tez orada yangi raqibga qarshi o‘z imkoniyatlarimizni namoyish qilishimiz lozim.

Terma jamoalar o‘rtasidagi bo‘ladigan o‘yinlardagi vaqtga qadar biz yana 4 ta o‘yinda maydonga tushishimiz lozim, ularning barchasi murakkab uchrashuvlar. Dastlab biz Yevropa Ligasi doirasida uzoq yo‘lni bosib Rostovga boramiz va mahalliy jamoa bilan kuch sinashamiz. Bosib o‘tadigan yo‘limiz uzoqligi ham biz uchun o‘ziga hos narsa. Rossiya jamoalari ana’anaviy ravishda o‘z uylarida yaxshi o‘yin namoyish qilishadi: joriy mavum ham, bunga misol qilib ular Myunxenning «Bavariya» sini va «Ayaks» ni mag‘lub qilishdi. Shunday ekan bizga qanchalik murakkab raqib tushganini shundan bilish mumkin.

Oradan to‘rt kun o‘tib esa biz Angliya Kubogi doirasida «Stemford Bridj» da «Chelsi» ga qarshi maydonga tushamiz. Bu biz uchun juda muhim musobaqadagi muhim o‘yin. «Uembli» da Angliya Kubogi g‘olibligini himoya qilishni istasak, biz 100 % imkoniyatimiz bilan ushbu o‘yinda ishtirok etishimiz lozim. 

Yakshanba kuni men La Liganing bir qator uchrashuvlarini tmosha qildim. Men o‘ylashimcha dam olish kuning asosiy voqeasi Ispaniyada maydon tashqarisida bo‘ldi. Men Fernando Torresni yana «Visente Kalderon» tribunasida ko‘rib xursand bo‘ldim, chunki bir necha kun oldin u bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng bu yaxshi hol. Menga muhlislarning uni qo‘llab quvatlashlari maqqul keldi. Men barchasi ko‘ngilsiz vaziyat bilan yakuniga yetmagani uchun xursandman. U tez orada safga qaytadi va gol urishda davom etadi.

Va albatta dam olish kunlari Belgradda o‘tayotgan Yevropa Chempionatida omadli ishtirok etayotgan Ispaniyalik atletlarni tabriklamoqchiman. Ularni maqtamoqchi emasman, ular doimiy mashg‘ulotlarda ishtirok etib bunday mukofotga erishishni orzu qilgan edilar.

Barchaga ajoyib haftani tilab qolaman va bizni qo‘llab-quvatlaganingiz uchun rahmat.

Barchangizni quchib qoluvchi, Xuan.

PS: Maslahat bering kitob yoki serial. Rossiyaga uchishimizda qaysi biri bilan mashg‘ul bo‘lgan maqqul.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.