Mualliflik bloglari

BIZ OHIRIGACHA KURASH OLIB BORDIK...

Blog Xuan Mata

Hammaga salom.

Men sizga ushbularni yozayotganimda, qonimda hali ham «Old Trafford» dagi atmosfera adrenalin sifatida jo‘sh urmoqda, uchrashuv so‘ngiga qadar muhlislar va futbolchilar kambekni amalga oshirishga ishonishgandi, afsuski amalga oshmadi. «Liverpul» 11 metrli jarima to‘pidan foydalanib hisobni ochdi, hisobni tenglashtirish uchun biz tanafusgacha yaratilga imkoniyatlardan foydalana olmadik. So‘ngi daqiqalarga qadar biz jiddiy tarzda g‘alaba qozonish uchun xarqakat qildik. Bu xususiyat «Yunayted» da doim bor. Zlatan hisobni tenglashtirgandan so‘ng, biz his qildikki o‘yin yana bir necha daqiqa bo‘lganda albatta g‘alaba qozonar edik. Afsuski, biz boshidan faqat g‘alabaga intilgan edik. Albatt bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emas, lekin uchrashuv keskin va qiziqarli kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Biz hozirda yana yangi g‘alabalik seriyani kelgusi uchrashuvdayoq boshlash xaqida o‘ylamoqdamiz. Jamoa xarakter ko‘rsata oldi, «Old Trafford» ga yig‘ilgan muhlislar esa har doimdagidek biz bilan birga bo‘lishdi. Hozirda o‘yindan keyin tiklanish zarur, kelgusi dam olish kungi o‘yinlarga qadar, vaqt to‘xtab turmaydi turnir esa davom etadi.

Biz «Stok Siti» ga qarshi kechadigan mehmondigi uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorlanishimiz lozim, o‘yin qiyin kechishi aniq, chunki ular ketma-ket ikki g‘alabaga erishishdi. Avval etib o‘tganimdek, endi biz yaxshi tayyorlanib va o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilishimiz kerak. Xuddi shunday ishni biz so‘ngi bir necha haftada amalga oshirdik: kuchumizga ishongan holda o‘z ambitsiyamizni namoyoish qildik. Oldinda bizni muhim o‘yinlar kutib turibdi, shular jumlasiga asosiy raqiblarimizga ham qarshi. Biz yetakchilarga yaqinlashish maqsadida maksimal darajada ochko jamg‘arishimiz zarur. Oldinda hali uzoq yo‘l bor...

Ispaniyada «Barselona» shanba kungi uchrashuvda ajoyib usulda «Las Palmas»ni mag‘lub etdi, yakshanba kuni barchaning e’tibori uikendning asosiy uchrashuvi: «Sevilya» — «Real Madrid» ga qaratilgan edi. Ikkala jamoa ham uch kun ilgari Ispaniya Kubogida ajoyib uchrashuvni o‘tkazdi, shunday ekan barcha tomoshabob o‘yin kutgan edi. Uyga qaytib kelganimdan so‘ng uchrashuvning  ikkinchi bo‘limini tomosha qildim va ko‘rganimdan ma’mnun bo‘ldim. Mehmonlar ajoyib kambek ko‘rsatib o‘ziga hos xarakter namoyish qildi. Shuning uchun ham «Sevilya» titul uchun kurash olib borishga va Chempionlar Ligasi 1/8 finalida ishtirok etishga xaqli. Ularda o‘ziga xos o‘yin stili va tarkibda iqtidorli futbolchilar bor. Jamoa yaxshi futbol namoyish qilib ajoyib natijalarga erishmoqda.

Albatta, «Valensiya» ning «Espanol» ustidan qozongan g‘alabasidan xursand bo‘ldim. So‘ngi ikki o‘yindagi 4 ochko jamoaga yordam beradi. Endi ular birlashib yaxshi natija ko‘rsatishlari uchun vaqt keldi. Men ishonaman, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Men jamoani doim qo‘llab-quvatlayman.

Yana shuningdek Afrika Millatlar Kubogi ham boshlandi.

Bu turnirga rahmat aytmoqchiman menda shunday imkoniyat borligi uchun, ya’ni yangi futbolchilarni kashf qilinishi va qit’aning qiziqarli o‘yinlarini tamosha qilish, hammasi ajoyib xotiralar bilan bog‘liq... Har bir uchrashuv bayramga o‘xshaydi, bu alohida tribunalarda namoyon. Nima deb o‘ylaysiz: bu yil ushbu turnirda kim g‘olib bo‘ladi?

Bizni dunyo bo‘ylab qo‘llab-quvatlaganlaga rahmat, siz bizga kuch bag‘ishlaysiz. Ishonamanki,sizni ajoyib hafta kutib turibdi.

Barchangizni quchib qoluvchi, Xuan.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.