Mualliflik bloglari

AJOYIB KAYFIYAT BILAN

Blog Xuan Mata

Hammaga salom.

Mana bayramlar ham o‘z yakuniga yetdi, endilikda bizni ajoyib va muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Mavsumning ikkinchi yarmi ham boshlanib ketdi, va bizning kayfit optimistik darajada. Biz sakkiz g‘alabadan keyin o‘zimizni juda yaxshi xis qilmoqdamiz. Men bir gapni takrorlashdan tinmayman: jamoa uzoq vaqtdan beri yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Men ishonch bilan aytamnki, ertami yoki kechmi biz albatta ajoyib natijalarni ko‘rsatamiz. Endilikda ushbu darajani saqlab qolish lozim..

Men uchun bayram tadbirlari yaxshi o‘tdi, men uni o‘zimning sevimli oila a’zolarim bilan o‘tkazdim. Lekin muhimi «Vest Xem» va «Reding» jamoalari ustidan qozonilgan g‘alaba bo‘ldi, bu bizni to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimzni ko‘rsatdi. Londonda biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanib, juda yaxshi jamoa ustidan g‘alaba qozondik. Angliya Kubogidagi g‘alaba orqali esa ushbu musobaqa biz uchun muhimligini ko‘rsatdik. Dushanba kuni biz keyingi raqibimizni (izoh: Uigan) bilib olamiz. Men alohida Ueyn Runi «Yunayted»dan kiritgan gollari borasida ser Bobbi Charlton bilan tenglashib olgani bilan tabriklab o‘tmoqchi edim. Futbol olami uning bu ko‘rsatgichlari uchun o‘ziga xos narsa berishi kerak. U— afsona.

Biz shuningdek, seshanba kuni  «Xall Siti»ga qarshi o‘tadigan Angliya Liga Kubogi uchrashuviga ham o‘ziga xos kayfitda qaraymiz. Ular Premer-Ligi turnir jadvalida so‘ngi pog‘onada bo‘lishlariga qaramay, Angliya Kubogida «Suonsi» ni mag‘lub etishdi. Men ishonamanki, ular «Old Trafford» ga o‘ziga xos motivatsiya va g‘alabaga ishtiyoq bilan maydonga tushishadi.

Shundan so‘ng, bizni yildagi muhim uchrashuvlardan biri «Liverpul» ga qarshi kutib turibdi. Bu so‘zsiz biz uchun alohida o‘yin. Bu qanchalik muhim bir o‘yin ekanligi hammaga ma’lum. Bu o‘yin jamoalar o‘rtasidagi juda ajoyib o‘yin bo‘ladi,  turnir jadvalida maksimal darajada yuqori o‘rin jyolashish uchun bahs. Biz yanvarda bir qator turnirlarda ishtirok etamiz. Bu va albatta keyingi oylar, futbolchilar uchun juda muhim, chunki bu mavsum yakunida maqsadlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu vaqtda Ispaniyada ham yangi yilgi ta’til o‘z nihoyasiga yetdi. «Real Madrid» ishonchli tarzda «Granad» ustidan g‘alaba qozondi, xuddi «Sevilya» va «Atletiko» ga qarshi uchrashuv kabi. Dam olish kuning muhim o‘yinida Messining jarima to‘pidan kiritgan ajoyib goli evaziga «Vilyarreal» va «Barselona» durang qayd etishdi.

«Valensiya» ni ham Pamplonada ajoyib o‘yin kutib turibdi (Osasuna - Valensiya 3:3). Jamoa hozir o‘z boshidan qiyin vaqtlarni o‘tkazmoqda. Lekin men ishonch bilan aytamnki agar barcha futbolchilar bor kuch bilan xarakat qilishsa ushbu qiyin vaziyatdan chiqishni imkonini topishadi. Hamma bunga umid bilan qaraydi.

Nihoyat men yana “Manchester United Foundation” ga 5 yanvarda bolalarga sovg‘a ulushishda bergan yordamlari uchun rahmat aytmoqmiman. Menda bunday imkoniyat tug‘ilganidan ma’mnunman, bu an’ana Angliyaga ham kirib keldi. Men bundan hursand bo‘ldim.

Barchangizni quchib va sizlarga yoqimli hafta tilab qolaman,

Xuan

0 0 0
1029
Бошқа блогпостлар
Mulohozalar
    Mulohoza qoldirish uchun ro‘yxatdan o‘ting