Mualliflik bloglari

APL: 19-TUR STATISTIKASI VA NATIJALARI

Blog sports.uz

Angliya premer ligasining 19-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator markaziy o‘yinlarni kuzatdik. Masalan, «Chelsi» «Stok Siti» ustidan g‘alaba qozondi. «Manchester Yunayted» ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘rinda qoldi. «Arsenal» va «Tottenxem» g‘alaba qozonib, «Manchester Siti»ni 5-o‘ringa tushirib yuborishdi.

«Chelsi» chempionlik sari...

«Chelsi» jamoasi o‘z uyida «Stok Siti» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va g‘alaba qozondi. Konte shogirdlarini hozircha yengishning imkoni topilmayapti, lekin bu Angliya, hamma narsa bo‘lishi mumkin.

31 dekabr. London. «Stemford Brij» stadioni. 41601 tomoshabin.

Bosh hakam: Robert Medli (Yorkshir).

«Chelsi» – «Stok Siti» - 4:2

Gollar: Kexill, 34 (1:0). Martins Indi, 46 (1:1). Villian, 57 (2:1). Krauch, 64 (2:2). Villian, 65 (3:2). Diego Kosta, 85 (4:2).

«MYu»dan Fergi amakiga sovg‘a

«Manchester Yunayted» jamoasi o‘z maydonida «Midlsbro»ga qarshi maydonga tushdi va g‘alabani nishonladi. Ser Aleks Fergyusonning tug‘ilgan kunida maydonga tushgan «qizil iblislar» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishdi.

31 dekabr. Manchester. «Old Trafford» stadioni. 75314 tomoshabin.

Bosh hakam: Li Meyson (Bolton).

«Manchester Yunayted» – «Midlsbro» - 2:1

Gollar: Lidbitter, 67 (0:1). Marcyal, 85 (1:1). Pogba, 86 (2:1).

«Arsenal» uchinchi o‘rinda

«Arsenal» jamoasi o‘z maydonida «Kristal Pelas»ga qarshi o‘ynadi va g‘alabaga erishdi. Olive Jiru juda chiroyli gol bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Ivobi ham gol urib, «to‘pchilar»ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

1 yanvar. London. «Emireyts» stadioni. 59975 tomoshabin.

Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).

«Arsenal» – «Kristal Pelas» - 2:0

Gollar: Jiru, 17 (1:0). Ivobi, 56 (2:0).

«Manchester Siti» 5-o‘rinda

«Manchester Siti» jamoasi safarda «Liverpul» klubiga qarshi maydonga tushdi va mag‘lubiyatga uchradi. Turning markaziy uchrashuvi taqdirini yagona gol hal qildi. Ushbu tezkor gol Viynaldum tomonidan kiritildi. Bu natija «shaharliklar»ni 5-o‘ringa tushirib yubordi.

31 dekabr. Liverpul. «Enfild» stadioni. 53120 tomoshabin.

Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).

«Liverpul» – «Manchester Siti» - 1:0

Gol: Veynaldum, 8 (1:0).

«Bernli»dan yirik g‘alaba

«Bernli» jamoasi o‘z maydonida «Sanderlend» klubini qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Shu kuni Andre Grey ajoyib o‘yin ko‘rsatib, xet-trik qayd etdi. Jamoa esa autsayderlar hududidan ancha uzoqlashib oldi.

31 dekabr. Bernli. «Terf Mur» stadioni. 21124 tomoshabin.

Bosh hakam: Grem Skott (Oksfordshir).

«Bernli» – «Sanderlend» - 4:1

Gollar: Grey, 31 (1:0). Grey, 51 (2:0). Grey, 53 (3:0). Barns, 67 - penaltidan (4:0). Defo, 71 (4:1).

«Tottenxem»da ham yirik g‘alaba

«Uotford» jamoasi o‘z uyida «Tottenxem»ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Harri Keyn va Dele Allining dubliga o‘yin oxirida Yunus Qobul bitta gol bilan javob bera oldi.

1 yanvar. Uotford. «Vikarij Roud». 20882 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).

«Uotford» – «Tottenxem» - 1:4

Gollar: Keyn, 27 (0:1). Keyn, 33 (0:2). Alli, 41 (0:3). Alli, 46 (0:4). Qobul, 90+1 (1:4).

Qolgan-qutganlar

30 dekabr. Kingston-apon-Xall. «Key Si» stadioni. 20111 tomoshabin.

Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).

«Xall Siti» – «Everton» - 2:2

Gollar: Douson, 6 (1:0). Marshall, 45+1 – o‘z darvozasiga (1:1). Snodgrass, 65 (2:1). Barkli, 85 (2:2).

31 dekabr. Sautgempton. «Sent-Meris» stadioni. 30975 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Jons (Chester).

«Sautgempton» – «Vest Bromvich» - 1:2

Gollar: Long, 41 (1:0). Fillips, 43 (1:1). Robson-Kanu, 50 (1:2).

31 dekabr. Suonsi. «Liberti» stadioni. 20316 tomoshabin.

Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).

«Suonsi» – «Bornmut» - 0:3

Gollar: Afobe, 25 (0:1). Freyzer, 45+1 (0:2). King, 88 (0:3).

31 dekabr. Lester. «King Pauer» stadioni. 32060 tomoshabin.

Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).

«Lester» – «Vest Xem» - 1:0

Gol: Sulaymoni, 20 (1:0).

Tur jazolari

19-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga 36ta sariq va 1ta qizil kartochka ko‘rsatildi.

19-tur: «eng, eng, eng...»

Eng ko‘p gol urgan futbolchi

Andre Grey – 3ta («Bernli»)

Eng tezkor gol

Maykl Douson – 6-daqiqa («Xall Siti» – «Everton»)

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatgan hakam

Entoni Teylor – 8ta («Lester» – «Vest Xem»)

Eng kam sariq kartochka ko‘rsatgan hakamlar

Li Meyson – 2ta («Manchester Yunayted» – «Midlsbro»)

Andre Marriner – 2ta («Arsenal» – «Kristal Pelas»)

Grem Skott – 2ta («Bernli» – «Sanderlend»)

Kevin Frend – 2ta («Suonsi» – «Bornmut»)

Eng ko‘p tomoshabin

«Old Trafford» stadioni — 75314 tomoshabin

Eng kam tomoshabin

«Key Si» stadioni — 20111  tomoshabin

Tur o‘yini

Turning eng qiziqarli o‘yini, albatta, «Liverpul» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. O‘yinda mezbonlar ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi va yetakchilarni quvishda davom etmoqda.

19-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)

Artur Borus («Bornmut», 2) - Kiran Tripper («Tottenxem», 1), Maykl Douson («Xall Siti», 1), Stiv Kuk («Bornmut», 2), Jeyms Milner («Liverpul», 5) - Jorjino Veynaldum («Liverpul», 1), Pol Pogba («Manchester Yunayted», 5), Dele Alli («Tottenxem», 5) - Andre Grey («Bernli», 2), Harri Keyn («Tottenxem», 2), Villian («Chelsi», 2).

19-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

19-turning eng yaxshi futbolchisi «Bernli» hujumchisi Andre Grey bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda u chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga o‘z hisobiga xet-trik yozdirib qo‘ydi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.