Mualliflik bloglari

APL: 20-TUR STATISTIKASI VA NATIJALARI

Blog sports.uz

Angliya premer ligasining 20-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator markaziy o‘yinlarni kuzatdik. Masalan, «Chelsi» nihoyat mag‘lubiyatga uchradi. «Bornmut» esa «Arsenal»ni ancha qiynab qo‘ydi. «Manchester Yunayted» ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» Sanderlendda ochko yo‘qotdi. «Manchester Siti» va «Everton» g‘alaba qozondi.

«Chelsi» Londonda to‘xtatildi

«Chelsi» jamoasi safarda «Tottenxem» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va nihoyat mag‘lubiyatga uchradi. Antonio Konte shogirdlari ancha turdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan edi. Lekin Pochettino undan ustaroq chiqib qoldi.

4 yanvar. London. «Uayt Xart Leyn» stadioni. 31491 tomoshabin.

Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).

«Tottenxem» – «Chelsi» - 2:0

Gollar: Alli, 45+1 (1:0). Alli, 54 (2:0).

«MYu» ham g‘alaba qozondi

«Manchester Yunayted» jamoasi safarda «Vest Xem»ga qarshi maydonga tushdi va g‘alabani nishonladi. Ushbu o‘yinda Xuan Mata va Zlatan Ibrohimovich o‘z o‘yinini namoyish etib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

2 yanvar. London. «Olimpiyskiy» stadioni. 56996 tomoshabin.

Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).

«Vest Xem» – «Manchester Yunayted» - 0:2

Gollar: Mata, 63 (0:1). Ibrohimovich, 78 (0:2).

«Arsenal»dan ajoyib kambek

«Arsenal» jamoasi safarda «Bornmut»ga qarshi o‘ynadi va so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Doimgidek Olive Jiru yana jamoasining joniga ora kirib, muhim 1 ochkoni olib berdi.

3 yanvar. Bornmut. «Vitaliti Stedium» stadioni. 11202 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).

«Bornmut» – «Arsenal» - 3:3

Gollar: Deniels, 16 (1:0). Uilson, 20 - penaltidan (2:0). Freyzer, 58 (3:0). Sanches, 70 (3:1). Lukas Peres, 75 (3:2). Jiru, 90+2 (3:3).

«Man.Siti»dan g‘alaba

«Manchester Siti» jamoasi o‘z maydonida «Bernli» klubiga qarshi maydonga tushdi va g‘alaba qozondi. Qaytishini gol bilan nishonlagan Aguero yana to‘purarlar poygasiga qo‘shildi. Shuningdek, chempionlik kimo‘zari ham davom etadi.

2 yanvar. Manchester. «Ittixod» stadioni. 54463 tomoshabin.

Bosh hakam: Li Meyson (Bolton).

«Manchester Siti» – «Bernli» - 2:1

Gollar: Klishi, 58 (1:0). Aguero, 62 (2:0). Mi, 70 (2:1).

«Liverpul»da ham durang

«Liverpul» jamoasi safarda «Sanderlend» klubi mehmoni bo‘ldi va qiyin kechgan uchrashuvda durangga erishdi. Qariya Defoning dubli mersisaydliklarni ancha qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

2 yanvar. Sanderlend. «Stadium of Layt» stadioni. 46494 tomoshabin.

Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).

«Sanderlend» – «Liverpul» - 2:2

Gollar: Starrij, 19 (0:1). Defo, 25 - penaltidan (1:1). Mane, 72 (1:2). Defo, 84 - penaltidan (2:2).

«Everton»da yirik g‘alaba

«Everton» jamoasi o‘z uyida «Sautgempton»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi. Avvaliga darvozalarga gol kiritish ancha qiyin bo‘ldi, ammo maydonga Valensiya tushgach, «Everton»ning «ishtahasi ochilib ketdi».

2 yanvar. Liverpul. «Gudison Park» stadioni. 38891 tomoshabin.

Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).

«Everton» – «Sautgempton» - 3:0

Gollar: Valensiya, 73 (1:0). Beyns, 80 - penaltidan (2:0). Lukaku, 89 (3:0).

Qolgan-qutganlar

2 yanvar. Midlsbro. «Riversayd» stadioni. 32437 tomoshabin.

Bosh hakam: Robert Medli (Yorkshir).

«Midlsbro» – «Lester» - 0:0

2 yanvar. Vest Bromvich. «Xautorns» stadioni. 23402 tomoshabin.

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).

«Vest Bromvich» – «Xall Siti» - 3:1

Gollar: Snodgrass, 21 (0:1). Brant, 49 (1:1). Makoli, 62 (2:1). Morrison, 73 (3:1).

3 yanvar. London. «Selxerst Park» stadioni. 24913 tomoshabin.

Bosh hakam: Pol Tirni (Lankashir).

«Kristal Pelas» – «Suonsi» - 1:2

Gollar: Mouson, 42 (0:1). Zaxa, 83 (1:1). Ranxel, 88 (1:2).

3 yanvar. Stok-on-Trente. «Britannia» stadioni. 27010 tomoshabin.

Bosh hakam: Nil Svarbrik (Lankashir).

«Stok Siti» – «Uotford» - 2:0

Gollar: Shoukross, 45+3 (1:0). Krauch, 49 (2:0).

Tur jazolari

20-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga 36ta sariq va 3ta qizil kartochka ko‘rsatildi.

20-tur: «eng, eng, eng...»

Eng ko‘p gol urgan futbolchilar

Dele Alli – 2ta («Tottenxem»)

Jermeyn Defo – 2ta («Sanderlend»)

Eng tezkor gol

Charli Deniels – 16-daqiqa («Bornmut» – «Arsenal»)

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatgan hakam

Li Meyson – 7(1)ta («Manchester Siti» – «Bernli»)

Eng kam sariq kartochka ko‘rsatgan hakam

Mark Klattenburg– 0 («Vest Bromvich» – «Xall Siti»)

Eng ko‘p tomoshabin

«Ittixod» stadioni — 54463 tomoshabin

Eng kam tomoshabin

«Vitaliti Stedium» stadioni — 11202 tomoshabin

Tur o‘yini (Telegraf versiyasi)

Turning eng qiziqarli o‘yini, albatta, «Tottenxem» va «Chelsi» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. O‘yinda mezbonlar ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi va yetakchilarni quvishda davom etmoqda.

20-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)

David De Xea («Manchester Yunayted») - Gael Klishi («Manchester Siti»), Erik Dayer («Tottenxem»), Glen Jonson («Stok Siti»), Kreyg Douson («Vest Bromvich») - Enner Valensiya («Everton»), Xuan Mata («Manchester Yunayted»), Lukas Peres («Arsenal») - Olive Jiru («Arsenal»), Jermayn Defo («Liverpul»), Dele Alli («Tottenxem»)

20-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

20-turning eng yaxshi futbolchisi «Tottenxem» yarim himoyachisi Dele Alli bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda u chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga o‘z hisobiga dubl ham yozdirib qo‘ydi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.