Mualliflik bloglari

APL: 18-TUR STATISTIKASI VA NATIJALARI

Blog sports.uz

Angliya premer ligasining 18-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator markaziy o‘yinlarni kuzatdik. Masalan, «Chelsi» «Bornmut» ustidan g‘alaba qozondi. «Manchester Yunayted» ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul» g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘rinda qoldi. «Manchester Siti» va «Tottenxem» yirik hisobda g‘alaba qozondi.

«Chelsi» peshqadamlikdan tushgisi yo‘q

«Chelsi» jamoasi o‘z uyida «Bormunt» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Konte shogirdlarini hozircha yengishning imkoni topilmayapti, lekin bu Angliya, hamma narsa bo‘lishi mumkin.

26 dekabr. London. «Stemford Brij» stadioni. 41384 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Jons (Chester).

«Chelsi» – «Bornmut» - 3:0

Gollar: Pedro, 24 (1:0). Azar, 49 - penaltidan (2:0). Kuk, 90+3 – o‘z darvozasiga (3:0).

«Yunayted» ham g‘alaba qozondi

«Manchester Yunayted» jamoasi o‘z maydonida «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushdi va g‘alabani nishonladi. Ushbu o‘yinda Zlatan Ibrohimovich o‘z o‘yinini namoyish etib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

26 dekabr. Manchester. «Old Trafford» stadioni. 75325 tomoshabin.

Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).

«Manchester Yunayted» – «Sanderlend» - 3:1

Gollar: Blind, 39 (1:0). Ibrohimovich, 82 (2:0). Mxitaryan, 86 (3:0). Borini, 90+1 (3:1).

«Arsenal» hamon to‘rtinchi o‘rinda

«Arsenal» jamoasi o‘z maydonida «Vest Bromvich»ga qarshi o‘ynadi va kichik hisobda g‘alabaga erishdi. Doimgidek Olive Jiru yana jamoasining joniga ora kirib, muhim 3 ochkoni olib berdi.

26 dekabr. London. «Emireyts» stadioni. 59925 tomoshabin.

Bosh hakam: Nil Svarbrik (Lankashir).

«Arsenal» – «Vest Bromvich» - 1:0

Gol: Jiru, 87 (1:0).

«Manchester Siti»dan yirik g‘alaba

«Manchester Siti» jamoasi safarda «Xall Siti» klubiga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Avvaliga mehmonlar raqib darvozasini ishg‘ol qilishga ancha qiynalishdi, lekin Ture hisobni ochgach, «shaharliklar»ning ishtahasi ham ochilib ketdi.

26 dekabr. Kingston-apon-Xall. «Key Si» stadioni. 23134 tomoshabin.

Bosh hakam: Robert Medli (Yorkshir).

«Xall Siti» – «Manchester Siti» - 0:3

Gollar: Ture, 72 - s penalti (0:1). Ixeanacho, 78 (0:2). Deyvis, 90+4 – o‘z darvozasiga (0:3).

«Liverpul» ikkinchi o‘rinda qoldi

«Liverpul» jamoasi o‘z maydonida «Stok Siti» klubini qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Dastlab gol o‘tkazib yuborgan bo‘lishiga qaramay, keyinchalik ketma-ket gollar urib, ochkolari sonini 40taga yetkazib oldi.

27 dekabr. Liverpul. «Enfild» stadioni. 53094 tomoshabin.

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).

«Liverpul» – «Stok Siti» - 4:1

Gollar: Uolters, 12 (0:1). Lallana, 35 (1:1). Firmino, 44 (2:1). Imbula, 59 – o‘z darvozasiga (3:1). Starrij, 70 (4:1).

«Tottenxem»da ham yirik g‘alaba

«Sautgempton» jamoasi o‘z uyida «Tottenxem»ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Dastlabki daqiqalardanoq gol o‘tkazib yuborgan londonliklar sal o‘tib, o‘zlariga kelishdi va yirik hisobda g‘alabani tantana qilishdi.

28 dekabr. Sautgempton. «Sent-Meris» stadioni. 31853 tomoshabin.

Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).

«Sautgempton» – «Tottenxem» - 1:4

Gollar: van Deyk, 2 (1:0). Alli, 19 (1:1). Keyn, 52 (1:2). Son Xin Min, 85 (1:3). Alli, 87 (1:4).

Urilmagan penalti: Keyn, 58 (noaniq).

Qolgan-qutganlar

26 dekabr. Uotford. «Vikarij Roud» stadioni. 20304 tomoshabin.

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).

«Uotford» – «Kristal Pelas» - 1:1

Gollar: Kabay, 26 (0:1). Dini, 71 - penaltidan (1:1).

Urilmagan penalti: Benteke («Kristal Pelas»), 37 (darvozabon).

26 dekabr. Lester. «King Pauer» stadioni. 31985 tomoshabin.

Bosh hakam: Styuart Atvell (Nunaton).

«Lester» – «Everton» - 0:2

Gollar: Miralyas, 51 (0:1). Lukaku, 90+1 (0:2).

26 dekabr. Suonsi. «Liberti» stadioni. 20757 tomoshabin.

Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).

«Suonsi» – «Vest Xem» - 1:4

Gollar: Ayyu, 13 (0:1). Rid, 50 (0:2). Antonio, 79 (0:3). Lorente, 89 (1:3). Kerroll, 90 (1:4).

26 dekabr. Bernli. «Terf Mur» stadioni. 21562 tomoshabin.

Bosh hakam: Kreyg Pouson (London).

«Bernli» – «Midlsbro» - 1:0

Gol: Grey, 81 (1:0).

Tur jazolari

18-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga 35ta sariq va 1ta qizil kartochka ko‘rsatildi.

18-tur: «eng, eng, eng...»

Eng ko‘p gol urgan futbolchi

Dele Alli – 2ta («Tottenxem»)

Eng tezkor gol

Virjil van Deyk – 2-daqiqa («Sautgempton» – «Tottenxem»)

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatgan hakam

Kreyg Pouson – 11ta («Bernli» – «Midlsbro»)

Eng kam sariq kartochka ko‘rsatgan hakam

Andre Marriner– 0 («Suonsi» – «Vest Xem»)

Eng ko‘p tomoshabin

«Old Trafford» stadioni — 75325 tomoshabin

Eng kam tomoshabin

«Vikarij Roud» stadioni — 20304  tomoshabin

Tur o‘yini

Turning eng qiziqarli o‘yini, albatta, «Sautgempton» va «Tottenxem» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. O‘yinda mehmonlar ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi va yetakchilarni quvishda davom etmoqda.

18-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)

Ben Foster («Vest Bromvich», 1) - Hovard Nordveyt («Vest Xem», 1), Uinston Rid («Vest Xem», 2), Eshli Uilyams («Everton», 2), Deyli Blind («Manchester Yunayted», 1) - Adam Lallana («Liverpul», 3), Yahyo Ture («Manchester Siti», 2), Dele Alli («Tottenxem», 4) - Roberto Firmino («Liverpul», 3), Zlatan Ibrohimovich («Manchester Yunayted», 6), Pedro Rodriges («Chelsi», 2).

18-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

18-turning eng yaxshi futbolchisi «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda u chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga o‘z hisobiga bitta gol va ikkita golli pas yozdirib qo‘ydi.

0.00%
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.